$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2,5 ming ish oʻrniga ega "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Sanoat zona

“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Mazkur sanoat zonasi 30 yil faoliyat koʻrsatadi.

Nimalar tatbiq qilinadi?

Prezident tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (MSZ) tashkil etiladi. MSZ faoliyati davomida maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.

Ijaraga berish "E-auksion"orqali amalga oshiriladi

MSZni boshqarish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil qilinadi. “Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari "Yangi avlod" boshqaruvchi kompaniyasi tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.

Loyiha fevralda taqdim qilingan

Eslatib oʻtamiz, “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etilishi haqida 2024-yilning fevralida ma’lum qilingandi. O‘shanda prezident poytaxtda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari bilan tanishgandi. Davlat rahbariga taqdimotda Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risida axborot berilgandi.

Amalga oshiriladigan ishlar

664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida 2025-yilgacha 1,5 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini o‘zlashtirish, 2,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalashtirilayotgan aytilgandi.

 Oʻzbekistonda 66,8 mingta sanoat korxonalari mavjud

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 96,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,4 % ga oshgan.

 Shuningdek, 2024-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 66,8 mingtani tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat