Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 83 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +13° kechasi +11°

O‘zbekiston hali ham sanksiyalarga tushib qolish xavfi ostida

Standart & Poor’s agentligi O‘zbekistonning yaqin kelajak iqtisodidagi ba’zi qiziqarli prognozlarni e’lon qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Standart and Poor's

Standart & Poor’s agentligi O‘zbekistonning yaqin kelajak iqtisodidagi ba’zi qiziqarli prognozlarni e’lon qildi.

2027-yilgacha YaIM 5 foizga o‘sadi

Standart & Poor’s agentligi e’lon qilgan yangi prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston energetika xavfsizligi, subsidiyalar uchun yuqori budjet xarajatlari, gaz importining o‘sishi va qator tarmoqlarga sarmoya jalb etish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlagan. Agar hammasi aytilganidek ketadigan bo‘lsa, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2027-yilga kelib 5,2 foizga o‘sishi mumkin, ammo bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan kamroq(6 foiz).

G‘arb mamlakatlarining sanksiyalari riski saqlanib turibdi

O‘zbekiston sanksiyalar bilan “kelishish”ga harakat qilsa-da, bu xavf hali ham mavjud. Chunki yilning birinchi choragida Rossiya bilan pul o‘tkazmalari 9 foizga, savdo aylanmasi esa 16 foizga oshgan. “Masalan, AQSh va Yevropa Ittifoqi elektron va telekommunikatsiya uskunalari va mudofaa mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir qancha O‘zbekiston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bunga javoban hukumat kengaytirilgan skrining tartib-qoidalarini, avtomatlashtirilgan skrining chora-tadbirlarini va stress testini joriy qilmoqda”, - deb yozadi “S&P” agentligi.

Korrupsiya hamon yuqori

Mamlakatda korrupsiyani qabul qilish yaxshilangan, ammo hali ham korrupsiya darajasi yuqoriligini saqlab qolmoqda. Undan tashqari, o‘tgan yilgi referendum va saylovning “raqobatsiz” ekanligi sababli siyosat hali ham muvozanatsizligicha qolmoqda, deyiladi bayonotda.

Byudjet taqchilligi qisqaradi

Agentlik taxminlariga ko‘ra, hukumat byudjet taqchilligini 2024 yilda yalpi ichki mahsulotning 4 foizigacha va 2025 yilda 3 foizigacha pasayishini kutmoqda. S&P fiskal konsolidatsiya biroz sekinroq bo‘lishini prognoz qilib, defitsit 2027 yilga kelib yalpi ichki mahsulotning 3,2 foiziga yetishi mumkinligini aytib o‘tgan.