Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor

Rossiya hukumati rus tilidan foydalanishga oid cheklovlar kuchayib borayotgan Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga nisbatan keskin sanksiyalar paketi tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda Insider-T.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor

📍 Rossiya hukumati rus tilidan foydalanishga oid cheklovlar kuchayib borayotgan Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga nisbatan keskin sanksiyalar paketi tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda Insider-T.

📝 Sanksiyalar sababi:

– Kreml mazkur davlatlarda rus tilining maqomini pasaytiruvchi qonunlar qabul qilinayotganidan norozilik bildirib, bunga javoban bir qator choralarni ko‘rib chiqmoqda.

💥 Sanksiyalar paketi:

Ular orasida:

– Vizali tartibni joriy etish;

– Rossiyadan pul o‘tkazmalarini cheklash;

– Mehnat migrantlari uchun kvotalarni kamaytirish;

– Yirik logistik loyihalarni to‘xtatish kabi choralar mavjud.

📉 O‘zbekiston va boshqa davlatlar:

– Manbaga ko‘ra, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kabi davlatlar sanksiyalarga eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida tilga olinmoqda.

⚔️ Harbiy mashg‘ulotlar:

– Rossiya ushbu mintaqalar yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda.

🎯 Kelib chiqadiki:

Rossiya rus tilini himoya qilish va sanksiyalar orqali o‘z ta’sirini yanada kuchaytirish niyatida. Bu esa Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari uchun geosiyosiy va iqtisodiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin.