$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

YI Oʻzbekiston va Qozogʻiston kompaniyalariga yangi sanksiyalar joriy qildi

Sanksiya

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi munosabati bilan 16-paket iqtisodiy va shaxsiy sanksiyalarni tasdiqladi.

53 ta subyekt uchun sanksiyalar

Ushbu paket Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini bevosita qoʻllab-quvvatlaydigan tashkilotlarga qarshi keng qamrovli cheklovlarni oʻz ichiga oladi. Yangi sanksiyalar roʻyxatiga jami 53 ta subyekt kiritilgan. Ulardan uchdan bir qismi Rossiyaga tegishli boʻlsa, qolganlari boshqa davlatlarda joylashgan. Xususan, Qozogʻistonda 2 ta, Oʻzbekistonda esa 1 ta kompaniya ushbu roʻyxatga kiritilgan.

Ayblov nimada?

Ushbu kompaniyalar Rossiyaga qarshi savdo cheklovlarini chetlab oʻtishda yoki Rossiya harbiy operatsiyalari uchun zarur boʻlgan texnologik mahsulotlar – masalan, dronlar va raketalar uchun kerakli jihozlarni yetkazib berishda ayblanmoqda.

YIdan ilk bor tashqi bankka sanksiya

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi ilk bor Rossiyadan tashqarida joylashgan bank va moliyaviy tashkilotlarga ham sanksiyalar qoʻlladi. Ushbu cheklovlar Rossiyaning SWIFT tizimiga muqobil boʻlgan SPFSʼdan foydalanayotgan tashkilotlarga nisbatan joriy etildi.

Теги :
Jamiyat