$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Biz ham “o‘yin”damizmi?

Sanctions

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketidan O‘zbekiston kompaniyalari ham joy oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini tasdiqlagan. Sanksiyalar joriy qilingan korxonalar orasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta kompaniya ham o‘rin olgan. Bular — “Alfa Beta Creativ” MCHJ, “GFK Logistics Asia” MCHJ va “Mvizion” MCHJlar. 

Kutilmagan voqelik emas 

Bungacha “Alfa Beta Creativ” MCHJ va “GFK Logistics Asia” MCHJlar Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanib, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Yaponiyaning qora ro‘yxatiga kiritilgan edi. “Mvizion” MCHJ esa Buyuk Britaniya va AQSH hukumatining qora ro‘yxatidan joy olgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

“Alfa Beta Creative”

“Alfa Beta Creative” – 2022 yil 6 iyunda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ustav kapitali – 2 mln so‘mni tashkil qiladi. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishi – “boshqa turdagi ofis texnikalari va uskunalarining ulgurji savdosi”. Yuridik manzili – Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16A. Yagina ta’sischisi va rahbari – Grabilin Oleg Valeriyevich. 

“GFK Logistic Asia”

“GFK Logistic Asia” – 2018 yil 28 martda ro‘yxatga olingan. Ustav kapitali – 200 mln. so‘mni tashkil qiladi. Asosiy faoliyat yo‘nalishi – “quruqlik transporti sohasidagi xizmatlar”. Yuridik manzili – Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16A. Ta’sischilari – GFK Logistic Asia (80 foiz) va Grabilin Oleg Valeriyevich (20 foiz).

“Mvizion” 

“Mvizion” – ushbu kompaniya ham “Alfa Beta Creative” kabi 2022 yil 14 iyunda ro‘yxatga olingan. Faoliyat turi sifatida elektron va telekommunikasion uskunalar va ularning ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, tashkilotning yagona ta’sischisi va rahbari sifatida Igor Nikolayevich Iyevlev qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq bundan bir oy avval O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiyaga porox va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan paxta va undan olinadigan mahsulotlarni sotish hajmini oshirganligi haqida xabar bergandik. Bundan tashqari, Sky News’da Qirg‘iziston, Armaniston va O‘zbekiston Buyuk Britaniyadan dron xarid qilib ularni Rossiyaga yetkazib berayotgani haqida xabarlar xorij matbuotlarida keng tarqalganini ham ma’lum qilgandik. Amalda ham gʻarb sanksiyalari tufayli Rossiyaning xorijiy harbiy texnologiyalarni sotib olishi qiyinlashib borayotgani ma’lum.

Теги :
Jamiyat