$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonliklar Galaxy S25 Edge’ni birinchilar qatorida xarid qiladi

S25 Ultra

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy S25 liniyasining 40 million dona smartfonini sotmoqchi, Bu haqda tahlilchi Ming-Chi Kuo X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Bu uchun kompaniyada imkoniyat bor

Ular bunga erisha oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Biroq Qualcomm mustahkam brendga ega, shuning uchun munosib imkoniyat bor deb o‘ylayman, deya ta’kidladi ekspert.

S25 uchun oldindan buyurtmalar soni 1,3 millionni tashkil etgan

Bu yil Samsung S25 liniyasini Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozladi. O‘tgan yilgi qurilmalar seriyasi Exynos va Qualcomm chiplari bilan jihozlangan.

SamMobile portali ma’lumotlariga koʻra, S24 seriyali smartfonlar 37 million nusxada sotilgan.

Shuningdek, Janubiy Koreyada S25 uchun oldindan buyurtmalar soni 1,3 millionni tashkil etgani, bu avvalgi qurilmalar qatoridan 7 foizga ko‘p ekani ma’lum.

S25 Edge iPhone 17 Airʼdan oldinroq sotuvga chiqishi mumkin

Shuningdek, Samsung 2025-yilda oʻzining yangi flagman smartfoni – Galaxy S25 Edge modelini taqdim etishini rasman tasdiqladi.

Ushbu ultra yupqa gadjet haqida hozircha koʻp ma’lumotlar oshkor qilinmagan, ammo insayderlar uning eng ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlanishini aytmoqda. Samsung Galaxy S25 Edge rasmiy premyerasi 2025-yil iyun yoki iyul oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Smartfon iPhone 17 Airʼdan oldinroq sotuvga chiqishi mumkin.

Smartfonlar birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston bozorida sotuvga chiqadi

Yangi qurilma Snapdragon 8 Elite protsessori va 12 Gb tezkor xotira bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda. Batareya sig‘imi esa 3900 mA·soat bo‘lib, bu standart Galaxy S25 modelidan 100 mA·soatga kam. Kamera jihatidan 200 MP asosiy modul va 48 MP qo‘shimcha sensor bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Galaxy S25 Edge $999 – 1299 oraligʻida baholanmoqda. Smartfon dastlab 39 mamlakatda, jumladan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Теги :
Jamiyat