$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

Samsungning so‘ngi modellari o‘zini oqlamayaptimi?

Galaxy S25+ va S25 Ultra

“Samsung” telefonlarining eng katta kamchiliklaridan biri ularning quvvatlanish tezligidir. Kompaniya smartfonlaridan foydalanuvchilar ayrim modellarning ustidan shikoyat qilishmoqda. Bu haqda “Android Police” nashri xabar berdi.

Quvvatlash bilan muammo

“Galaxy S25+” va “S25 Ultra” foydalanuvchilari quvvatlash bilan bogʻliq muammolar haqida “Samsung”ning rasmiy sahifalarida shikoyatlar qoldirgan.

Eng koʻp uchrayotgan kamchilik qurilmalar juda sekin quvvatlanishidir. Foydalanuvchilar smartfon ekranida “Super Charging 2.0” funksiyasi yoqilganda ham ahvol oʻzgarmayotganini taʼkidlashgan.

Birining quvvatlagichi boshqasiga tushmayapti

Murojaatlarga koʻra, original zaryadlovchi adapter ham qurilmani zaryad qila olmasligi ham mumkin. Ayrim foydalanuvchilar, Galaxy S24 yoki undan oldingi gadjetlarga tegishli 45 vattli adapterni ulashda tez zaryadlash ishlamasligini aytishgan. Reddit tarmogʻida S21+ bilan ishlatgan barcha zaryadlovchi qurilmalar yangi telefonda ishlamasligi keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Muammo asl 45 Vt kuchga ega quvvatlash qurilmasi bilan ham yuzaga kelgan

Muammo Samsung kompaniyasining Italiya filiali mutaxassislari e’tiboriga havola etilgani aytilmoqda. Ular kelajakda muammoni bartaraf etishga va’da berishgan. Shuningdek, original Samsung zaryadlovchi aksessuarlaridan foydalanishni tavsiya qilishgan.

Bundan tashqari, muammo asl 45 Vt kuchga ega quvvatlash qurilmasi bilan ham yuzaga kelgan. Baʼzi foydalanuvchilar tez zaryadlash funksiyasini oʻchirib qoʻyish telefonning sekinroq boʻlsada, yaxshi quvvat olishini aniqladi.

“Samsung” rasmiylari muammoni yangilanishlar orqali hal qilishini aytib, “S25” egalariga 5A USB-C kabeli oʻrniga telefon bilan birga kelgan 3A kabelidan foydalanishni tavsiya qildi.

Теги :
Jamiyat