Tarixda ilk bor O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tadi
Uch tomonlama sammit joriy yilning 31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Edil Baysalov Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari kengashining 58-sessiyasining Oliy darajadagi Segmenti ishida ishtirok etib bir qator muhim ma’lumotlarni aytdi.
Ilk sammit haqida
Edil Baysalovga ko‘ra, joriy yilning 31-mart kuni tarixda ilk bor O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon uch tomonlama sammitda ishtirok etishadi. Ushbu sammit joriy yilning 31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Bu mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”, deya qayd etiladi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabarida.



