$
 11960.09
-71.16
 13670.38
-94.57
 152.53
-0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya chet elliklarga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berish qoidalarini qat'iylashtirdi

Rossiya fuqaroligi

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi xorijliklarga fuqarolik, vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) hamda yashash guvohnomasini (VNJ) berish tartibini qat'iylashtiruvchi qonunni ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qildi.

Yangi tartibga koʻra, muqaddam sodir etgan har qanday jinoyati uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki bosilmangan migrantlarga fuqarolik, RVP va VNJ berish rad etiladi. Ilgari ushbu cheklov faqat muayyan turdagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllanilar edi.

Hujjatlar rasmiylashtirib boʻlingach, xorijlikda sudlanganlik borligi aniqlansa, unga berilgan fuqarolik, RVP yoki VNJ bekor qilinadi.

Sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma talab etiladi

Arizani topshirishda xorijliklar oʻzi doimiy yashab kelayotgan mamlakatning vakolatli organlari tomonidan berilgan sudlanganlik bor-yoʻqligi haqidagi rasmiy hujjatni taqdim etishlari shart. Ushbu ma'lumotnoma murojaat qilingan kundan koʻpi bilan uch oy oldin berilgan boʻlishi lozim.

Agar arizachining bir nechta fuqaroligi yoki har xil mamlakatlarda yashash uchun ruxsatnomasi boʻlsa, u har bir davlat boʻyicha alohida tegishli ma'lumotnoma taqdim etishi kerak.

Kimlar yangi talablardan ozod etiladi?

Quyidagi shaxslardan sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma talab qilinmaydi:

  • 14 yoshga tolmagan bolalar;
  • Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki oʻtagan xorijliklar;
  • Qochqinlar;
  • Rossiyadan siyosiy boshpana olgan shaxslar.

Oʻz navbatida, hujjat berishni rad etish boʻyicha kiritilayotgan yangi asoslar ham qochqinlar hamda siyosiy boshpana olgan xorijliklarga tatbiq etilmaydi.

Qonun qachon kuchga kiradi?

Hujjat Rossiya Prezidenti tomonidan imzolansa, rasmiy e'lon qilinganidan 180 kun oʻtib kuchga kiradi.

Ushbu muddatgacha topshirilgan barcha arizalar amaldagi (eski) qoidalar asosida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, Ukraina fuqarolari uchun ikki yillik oʻtish davri koʻzda tutilgan boʻlib, bu vaqt oraligʻida ular RVP va VNJ rasmiylashtirishda sudlanganlik haqida ma'lumotnoma topshirishdan ozod etiladilar.

Теги :
Jamiyat