Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Ikki yillik urush davomida Rossiyaning do‘stlari kim?

Rossiyaga doʻst boʻlmagan davlatlar reytingi tuzilgan boʻlib, undan 5 ta davlat: Moldova, Estoniya, Litva, Latviya, Ukraina joy olgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Ikki yillik urush davomida Rossiyaning do‘stlari kim?

Bugungi davrda Rossiya hukumatiga do‘st va do‘stona bo‘lmagan davlatlar borligi haqiqat. Ushbu bo‘linishga esa Rossiyaning Ukrainada urush boshlashi sabab bo‘ldi. Dunyoning ko'plab davlatlari rus hukumatiga sanksiya, cheklovlar joriy etib, aloqalarni uzmoqda. 

Kuni kecha 2023-yilda "Rossiyaga doʻst davlatlar" reytingi eʼlon qilindi. Reytingni tuzishda 14 ta sobiq sovet respublikalaridagi tadbirlar, 2023-yilga moʻljallangan hukumat hujjatlari, davlat rahbarlarining bayonotlari va media manbalar tahlil qilingan. Natijalar ballarda hisoblanib, Moskvaga "doʻstlik darajasi" aniqlangan.

10 ta davlat kiritilgan

Mazkur reytingga Rossiyaga "doʻst boʻlgan" 10 ta davlat kiritilgan. Reytingda Janubiy Osetiya tan olinmagan davlati yetakchi boʻlib turibdi. Eng oxirgi qatordan esa Armaniston joy olgan. 

Reytingda O'zbekiston ham bor

Reytingga kirgan davlatlar orasida Oʻzbekiston ham mavjud. O‘zbekiston unda 6-o‘rinni (kommunikatsiya rejimi bo‘yicha maksimal 100 balldan 55,2 ball) egalladi. Reyting tuzuvchilarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonning kommunikatsiya rejimi o‘zining barqarorligini nafaqat Rossiyaga, balki unga nisbatan do‘st bo‘lmagan mamlakatlar uchun ham iqtisodiy, madaniy va yoshlar kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni namoyon etdi.

To‘liq reyting:

  • Janubiy Osetiya – 93,5 ball;
  • Belarus – 87,6 ball;
  • Abxaziya – 81,4 ball;
  • Qirgʻiziston – 60,3 ball;
  • Tojikiston – 58,7 ball;
  • Oʻzbekiston – 55,2 ball 
  • Ozarbayjon – 50,1 ball;
  • Qozogʻiston – 50 ball;
  • Turkmaniston – 47,1 ball;
  • Armaniston – 46 ball.

Do'st bo'lmagan davlatlar qaysi?

Shuningdek, Rossiyaga doʻst boʻlmagan davlatlar reytingi ham tuzilgan boʻlib, undan 5 ta davlat Moldova, Estoniya, Litva, Latviya, Ukraina joy olgan.

Rossiya xavotirda

Rossiya uchta davlatning reytingdagi o‘rni pastlaganidan xavotirda.

Rossiya jamoatchilik bilan aloqalar assotsiatsiyasi prezidenti Yevgeniy Minchenko Qozog‘istonning reytingdagi o‘rni o‘zgarganidan tashvishlandi.

“Meni Qozog‘iston, Armaniston va Moldova kabi davlatlar tashvishga solmoqda. Chunki Qozog‘iston o‘z vaqtida postsovet hududida integratsiyaning pioneri bo‘lgan, Nazarboyev esa postsovet hududidagi turli integratsiya jarayonlarining bosh ideologi edi.

Qozog‘istonning 2023 yilgi reytingdagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zgarib borayotgani esa juda xavotirli ko‘rinadi”, deydi u.

Avvalgi reytinglar bilan solishtirilsa, Qozog‘iston, Armaniston va Ozarbayjonning pozitsiyasi yuqoriroq edi. Ayni paytda shuni ta’kidlash mumkinki, birgina Qirg‘iziston o‘z mavqeini yo‘qotayotgani yo‘q.