$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyadagi o‘zbekistonlik futbolchilarining narxi o‘zgardi

RPL

Transfermarkt portali Rossiya Premer-ligasida faoliyat yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini yangiladi.

TOP-10

Portal o‘zgarishlariga ko‘ra, SSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevning transfer bahosi 2 million yevroga oshib, 6 mln. yevrodan 8 mln. yevroga ko‘tarilgan. O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi Rossiya Premer-ligasida transfer narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar uchligidan joy oldi. “Spartak” hujumchisi Manfred Ugaldening (15 mln. yevro) bahosi 6 mln. yevroga ko‘tarilgan bo‘lsa, “Lokomotiv» yarimhimoyachisi Aleksey Batrakovning (8 mln yevro) transfer narxi 3 mln. yevroga, Abbosbek Fayzullayevning (8 mln. yevro) 2 mln. yevroga oshgan. RPLda eng ko‘p narxi oshgan futbolchilar reytingining TOP o‘nligi jadvali esa quyidagicha:

Umumiy vaziyat salbiy tomonga o‘zgardi

Rossiyada o‘ynayotgan qolgan futbolchilarimizning hech biri o‘z narxini ijobiy tomonga o‘zgartira olmadi. Faqatgina “Akron” futbolchisi Sherzod Esanov eski narxini saqlab qoldi. Qolgan barcha futbolchilarimizning transfer narxi pastlagan. Demak, RPL to‘p tepayotgan futbolchilarimizning narxi qo‘yidagicha o‘zgardi:

  • 1. Abbosbek Fayzullayev - 8 mln. yevro (avval 6 mln edi)
  • 2. Rustam Ashurmatov - 700 ming yevro (avval 800 ming edi)
  • 3. Umarali Rahmonaliyev - 500 ming yevro (avval 600 ming edi)
  • 4. Alisher Odilov - 450 ming yevro (avval 600 ming edi)
  • 5. Sherzod Esanov - 300 ming yevro (o‘zgarishsiz)

Эксперт разобрал момент из игры в Астрахани, где игроки «Рубина»  остановились для ифтара

Abbos SSKAda ikkinchi

Ushbu o‘zgarishlardan so‘ng, Abbos 8 mln. yevro transfer narxi bilan SSKAning eng qimmatbaho o‘yinchilari orasida Ivan Oblyakovdan (9 mln. yevro) keyingi 2-o‘rinda bormoqda. Tarkibdagi yana bir futbolchi – Igor Diveyevning ham transfer bahosi 8 mln. yevroni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonga tegishli TOP-3

Fayzullayevning transfer bahosi 2 mln. yevro oshgan bo‘lsa-da, u O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisi nomini Abduqodir Husanovdan qaytarib ololmadi. Kuni kecha Transfermarkt “Lans” himoyachisining bahosini 12 mln. yevroga ko‘targandi. SSKA futbolchisi bu borada milliy jamoaning eng qimmat 2-o‘yinchisi bo‘lib turibdi, 5 mln. yevro narxga ega Eldor Shomurodov esa uchlikda qolgan.

Теги :
Jamiyat