$
 12013.52
-10.88
 13649.76
6.88
 159.95
-0.46
weather
+26
Кечаси   +14°

100 dollardan 8 ming dollargacha: Eng koʻp va eng kam maosh toʻlaydigan davlatlar reytingi

oylik

CEOWORLD mustaqil tahliliy onlayn nashri dunyoning turli mamlakatlaridagi soliqlardan keyingi o‘rtacha oylik ish haqi taqqoslab, eng yuqori va eng past maosh to‘laydigan davlatlar reytingini tuzdi. O‘zbekiston ushbu global reytingda 117-o‘rinni egalladi.

Qaysi sohalarda eng yuqori maosh toʻlanadi?

Tadqiqotda jami 197 ta davlat ma’lumotlari keltirilgan. Hisobotda ta’kidlanishicha, eng yuqori maoshlar asosan moliya, sug‘urta, energetika, tog‘-kon sanoati, axborot texnologiyalari, chakana savdo va ta’lim sohalarida to‘lanadi. Aksincha, ma’muriy yordam, xizmat ko‘rsatish hamda qurilish tarmoqlari eng past maosh to‘lanadigan yo‘nalishlar qatoriga kiradi.

Reytingga ko‘ra, 2025-yilda eng yuqori maosh to‘lanadigan davlatlar quyidagilar:

Shveysariya — 8 218 AQSH dollari

Lyuksemburg — 6 740 dollar

AQSH — 6 562 dollar

Islandiya — 6 548 dollar

Norvegiya — 5 772 dollar

Daniya — 5 749 dollar

Kanada — 5 188 dollar

Irlandiya — 4 729 dollar

Niderlandiya — 4 688 dollar

Singapur — 4 457 dollar.

MDH mamlakatlaridagi ish haqi

2025-yil yakunlari bo‘yicha oylik sof ish haqi darajasi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi, jahon reytingida esa 32-o‘rinni Rossiya egallagan. Mazkur davrda mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik daromad 2 266 dollarni tashkil etgan.

Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston band etgan. Bu yerda barcha majburiy soliqlar chegirib tashlangan holdagi o‘rtacha oylik ish haqi 780 dollarga teng bo‘lgan.

2025-yilda MDH hududida o‘rtacha oylik ish haqining quyi ko‘rsatkichlari Belarus (dunyoda 83-o‘rin – 728 dollar), Armaniston (dunyoda 89-o‘rin – 648 dollar), Ozarbayjon (dunyoda 97-o‘rin – 601 dollar), O‘zbekiston (dunyoda 117-o‘rin – 458 dollar), Qirg‘iziston (dunyoda 132-o‘rin – 335 dollar) va Tojikistonda (dunyoda 138-o‘rin – 276 dollar) qayd etilgan.

Eng kam maosh toʻlaydigan davlatlar

Dunyodagi eng past o‘rtacha ish haqi Falastinda qayd etilishda davom etmoqda. U yerda aholi oyiga o‘rtacha 104 dollar ishlab topadi.

Lesoto (131 dollar), Angola (134 dollar), Malavi (138 dollar), Mali (141 dollar), Shimoliy Koreya (144 dollar) va Mavritaniyada odamlar mehnati uchun oyiga Falastinga qaraganda biroz ko‘proq haq oladi.

Теги :
Jamiyat