$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°

Katta reyd: 488 ta jinoyatlar “issiq izidan” fosh etildi

Reyd

Poytaxtda jinoyatlarga qarshi keskin kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, shahar prokuraturasi, Milliy Gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazildi.

801 bitta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holat

Oylik davomida, tashkil etilgan maxsus guruhlar tomonidan jami 801 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Ular bo‘yicha 567 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 158 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 76 ta holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

21 kg 818 gr giyohvandlik vositalari

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jami 21 kg 818 gr giyohvandlik vositalari, 28 790 ta kuchli taʼsir qiluvchi, 26 kg “pregabalin” dori vositalari noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi va minglab insonlarning zaharlanishi oldi olinib, hayoti saqlanib qolindi.

Giyohvandlik vositalarini yashirish usuli orqali tarqatuvchilar bilan bog‘liq 34 ta holat aniqlanib, uning natijasida 9 kg 538 gr noqonuniy giyohvandlik moddalari hamda 3 689 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi to‘xtatib qolindi.

1 323 ta “narkograffiti”lar aniqlandi

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlari, ularning administrator va operatorlarini aniqlash, faoliyatiga chek qo‘yish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bunday internet do‘konlarning reklamasi aks etgan jami 1 323 ta “narkograffiti”lar aniqlanib, bartaraf qilindi.

Giyohvand moddalar hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalariga ruju qo‘ygan 501 nafar shaxslar maxsus tibbiyot muassasalariga davolanishga yotqizildi.

488 ta jinoyatning oldi olingan

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 488 ta jinoyatlar “issiq izidan” fosh etildi, 160 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 45 nafar bedarak yo‘qolganlar aniqlanib yaqinlariga qaytarildi.

O‘qotar qurollar masalasi

O‘tkir tig‘li buyumlarni qonunga xilof ravishda olib yurgan 2 181 nafar fuqarolar aniqlanib tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tezkor tadbirlar davomida 1 ta jangovar (PM), 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta o‘q-otar ov miltig‘i hamda 14 dona o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq 102 404 ta qoidabuzarlik aniqlangan

Yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq 102 404 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan, qo‘pol qoidabuzarliklar 9 807 ta, mast holda avtomashina boshqarish 366 ta, svetofor ishoralariga amal qilmaslik 83 tani tashkil qilmoqda.

Olib borgan tadbirlar natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatchilik 43 foizga kamaydi. Shundan, firibgarlik 72 foizga, talonchilik 47 foizga, o‘g‘rilik 46,5 foizga kamayishiga erishildi.

Теги :
Jamiyat