$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Oriat” reydlari: Bu galgi tekshiruvlar karaoke, bar, tungi klub va saunalarda boʻldi

reyd

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 8-9-fevral kunlari o‘tkazilgan “Oriat” keng ko‘lamli tadbirlarida OITSga qarshi kurashish markazida ro‘yxatda turib, boshqa shaxslar bilan tartibsiz jinsiy aloqa qilgan 20 yoshli qiz ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Voqea aslida qanday boʻlgan?

Keng ko‘lamli tadbirlar doirasida 2005-yilda tug‘ilgan ayol boshqa shaxslar bilan tartibsiz jinsiy aloqa qilgan taqdirda, Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilishiga qaramasdan 5 nafar shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi. 

U turli miqdordagi pul evaziga xizmat ko‘rsatib, ushbu shaxslarni OIV infeksiyasi yuqishi xavfi ostida qoldirgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.

Axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS), teri-tanosil hamda boshqa turdagi yuqumli kasalliklarni aholi orasida tarqalishining oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar va tungi klublar kabi jami 362 ta maskanlar tekshirildi. Tekshirilgan obyektlarda aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan jami 2 469 nafar shaxs bilan tushuntirish ishlari olib borildi va ularning 968 nafari mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi.

Ularga qanday javobgarlik belgilandi?

Aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 155 ta jinoyat ishlari doirasida 159 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 437 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 236 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda ularning 624 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Klubdagi giyohvandlik 

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Yangibozor tumanidagi tungi klub ish boshqaruvchisi bo‘lgan 2004-yilda tug‘ilgan shaxs klubda mijozlarga giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Hodisa joyidan giyohvandlik vositasi, 2 dona bita, 2 dona pichoq va 1 dona elektroshoker ashyoviy dalil sifatida olindi. 

1986-yilda tug‘ilgan shaxs esa 2 nafar jinoiy sheriklari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xonadonda sintetik giyohvandlik vositasini igna orqali qabul qilib, “bangixona” tashkil etganligi aniqlangan. O‘tkazilgan shaxsiy tintuvlar jarayonida ulardan birining yonida qora rangli paketga o‘ralgan sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Jamoat xavfsizligi va salomatligini ta’minlash yo‘nalishidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

Теги :
Jamiyat