$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 12 ta korxonaga nisbatan tegishli ta'sir chorasi qo'llanildi

reklama

Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida jami 2 655 ta tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.

Qonunbuzilish holati

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 12 ta korxona tomonidan reklama qonunchiligi talablarini buzganlik holatlari aniqlandi.

Bular:

SM metan elit OIL” MChJ;

“Avesta comfort eco-gaz” MChJ;

“S.U.K. OIL” MChJ;

“AS Sirdaryo servis” MChJ;

“Avto mag petrol” MChJ;

“Berdiyor xabib” MChJ;

“Madinabonu Robiyabonu hamkor” MChJ;

“Tex bazar group 001” MChJ;

“Roxon XAA” MChJ;

“Farrux medio servis” XK;

“Khizmat travel” MCHJ;

“Tire max” MChJ; 

Yuqoridagi holat tufayli hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan ”Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ishlar qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Vazirlar Mahkamasining qarori mohiyati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama qonunchiligi buzilgan holatlarda ish qo‘zg‘atish va uni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Теги :
Jamiyat