Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Parij Olimpiadasi oltin medali sohibi Razambek Jamalovga Erkin kurash federatsiyasi tomonidan ikkita Li 7 avtomobili sovg‘a qilingan

Sportchi ushbu avtomobillarni murabbiylari — Musa Saydulbatalov va Adam Saytiyevga sovg‘a qiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Parij Olimpiadasi oltin medali sohibi Razambek Jamalovga Erkin kurash federatsiyasi tomonidan ikkita Li 7 avtomobili sovg‘a qilingan

Parij Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan legioner sportchi Razambek Jamalov o'z yurtiga qaytdi. 

Murabbiylarga atalgan sovg'a 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida aytilishicha, O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasi a’zosi Razambekka federatsiya tomondan qiymati taqriban 800 millioni tashkil qiluvchi Li 7 avtomobili sovg‘a qilingan. Sportchi ushbu avtomobillarni murabbiylari — Musa Saydulbatalov va Adam Saytiyevga sovg‘a qiladi. O‘z navbatida, dog‘istonlik tadbirkorlardan biri Razambekga 5 million rubl taqdim etgan. 

Olimpiada syurprizlari

Razambek Parij Olimpiadasi finalda Yaponiya vakili Takatanini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Shu munosabati bilan sportchiga 200 ming AQSH dollari, ikki qavatli hovli hamda Tahoe avtomobili sovg‘a qilingan. Avvalroq Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorovaga homiylar tomonidan Zeekr avtomobili sovg'a qilingan edi.