$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Endi raqobat sohasidagi birinchi qoidabuzarlik uchun jarima undirilmaydi

jarima

Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi

Tabiiy monopoliya subyektining ta'rifi 

O‘zgartirishlarga ko‘ra, tovar va moliya bozorlarida raqobat masalalari, shuningdek, davlat yordami ko‘rsatishni nazarda tutuvchi loyihalar qo‘mita bilan kelishilishi kerak.

Qonunda tabiiy monopoliya subyektining ta'rifi aniqlangan. Bu tabiiy monopoliya sharoitida asosiy faoliyat turi sifatida tovarlar ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan shug'ullanuvchi xo'jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhidir.

Birinchi qoidabuzarlik uchun jarima undirilmaydi

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini birinchi marta buzgan, iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmaydi va huquqbuzarliklar takrorlanishining oldini olish to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Jarimalar sud tartibida qo‘llaniladi

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar sud tartibida qo‘llaniladi, huquqbuzar o‘z aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno.

Huquqbuzarlikning takrorlanishining oldini olish to‘g‘risida ogohlantirish olish, shuningdek jarima to‘lash shaxsni vakolatli davlat organining qarorini bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi.