$
 12097.33
-31.13
 14233.72
-70.59
 160.53
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

iPhone 18 qanday ranglarda chiqadi?

ayfon18

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi . Macworld manbasiga ko‘ra, kompaniya bir vaqtning o‘zida bir nechta rang variantini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular orasida yangi, o‘ziga xos to‘q olcharang paydo bo‘lishi mumkin.

4 ta asosiy rang

Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Pro seriyasi uchun to‘rtta asosiy rang ko‘rib chiqilmoqda:

  • och havorang (avvalgi avlodning Mist Blue rangiga yaqin),
  • to‘q olcha — ehtimoliy asosiy yangi rang,
  • to‘q kulrang,
  • hozirgi modellarga o‘xshash kumushrang.

Biroq yakuniy ro‘yxat o‘zgarishi mumkin — Apple an’anaga ko‘ra taqdimotgacha barcha variantlarni saqlab qolavermaydi.

Buklama iPhone

Insayderlarga ko‘ra, iPhone Ultra deb nomlanishi kutilayotgan buklama iPhone ham taqdim etiladi. Gadjet kumushrang-oq va avvalgi modellarning to‘q ko‘k rangini eslatuvchi indigo ranglarida chiqarilishi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buklama smartfon ikkita asosiy kamera, tashqi va ichki ekranlarda old modullarga ega bo‘ladi hamda yoyilgan holatida iPad minini eslatadi. Uning qalinligi taxminan 4,7 mm bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, buklama iPhone narxi 2000 dollardan oshishi mumkinligi xabar qilinmoqda. Hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

Теги :
Jamiyat