$
 12137.86
-53.44
 14379.72
-85.26
 158.13
-0.38
weather
+26
Кечаси   +14°

Nima uchun Ramazon ayrim davlatlarda 18-fevraldan boshlandi?

Ramazon

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Ramazon oyi nega ayrim davlatlarda 18-fevralda, boshqalarida esa 19-fevralda boshlanayotganiga doir savolga javob berdi.

«Saudiya Arabistonida hilol ko‘rilgani aytilgan bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda u ko‘rinmagan. Bunday vaziyatda biz qaysi qarorga amal qilishimiz kerak?» deyiladi diniy soha mutaxassislariga yuborilgan savolda.

Idora javobi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi savolga quyidagicha javob berdi:

«Hilol (yangi oy) yerning barcha nuqtalarida bir xil vaqtda ko‘rinmaydi. Hilolning ko‘rinishi, Quyosh bilan bir chiziqqa kelgandan keyin undan qancha uzoqlashgani, ufqdagi balandligi va havo sharoitiga bog‘liq. Hilol eng ko‘p Shimoliy Amerika taraflarda ko‘rinish ehtimoliga ega, eng kam ehtimol esa Yer sharining sharqiy qismida.

Shuning uchun aksar mamlakatlarda 17-fevral kechasi hilol ko‘rinmadi va Sha’bon 30 kunga to‘ldirilishi to‘g‘ri bo‘ldi. Saudiyaning “hilol ko‘rindi”, degan xabariga binoan u yerda va unga ergashgan ayrim mamlakatlarda Ramazon erta boshlandi.

Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — har bir yurt o‘z muftiysining fatvosiga amal qilishidir. Odamlar o‘zaro tortishuvni qo‘yib, o‘z yurtida qabul qilingan qarorga birlashsa, doim yaxshilik ustida bo‘ladi», deyiladi Fatvo markazining javobida.

Saudiyada Ramazon 18-fevraldan boshlandi

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Oliy sudi seshanba kuni – 18- fevralni Ramazon oyining birinchi kuni, deb e’lon qildi va o‘sha kechadan tarovih namozlarini boshladi. Bu jamoatchilikda savollar paydo qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi esa 17-fevral kuni Ramazon hiloli ko‘rinmagani bois, O‘zbekistonda Ramazon oyining birinchi kuni — 19-fevralga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilinganini bildirdi .

Bundan tashqari, Markaziy va Sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropadagi ko‘plab musulmon jamoalari ham 19-fevralni Ramazon oyining ilk kuni sifatida e’lon qildi.

Теги :
Jamiyat