Ramazon oyida ish vaqti ikki soatga qisqartiriladi
Birlashgan Arab Amirliklarida 2026-yilgi Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan xususiy sektor xodimlari uchun ish vaqti qisqartiriladi. Bu haqda 12-fevral kuni Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi ma’lum qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Birlashgan Arab Amirliklarida 2026-yilgi Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan xususiy sektor xodimlari uchun ish vaqti qisqartiriladi. Bu haqda 12-fevral kuni Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi ma’lum qildi.
Xususiy sektor: ish kuni ikki soatga qisqaradi
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, ish kuni davomiyligi ikki soatga kamaytiriladi. Shunday qilib, odatda kuniga 8–9 soat mehnat qiladigan xodimlar muqaddas oy davomida kuniga 6–7 soat band bo’ladilar.
Belgilangan me’yordan ortiq ishlangan vaqt ortiqcha ish vaqti (sverxurochniy) hisoblanadi va mehnat qonunchiligiga muvofiq qo’shimcha haq to’lanishi lozim.
Moslashuvchan va masofaviy ish formati
Ish beruvchilarga ish jarayonini moslashuvchan formatda tashkil etishga ruxsat berildi. Xususan, qonunchilik normalariga rioya qilgan holda masofaviy mehnat shakli va ish grafiklariga o’zgartirishlar kiritish mumkin.
Bunday yondashuv kompaniyalarga o’z faoliyatini to’xtatmagan holda ichki jarayonlarni moslashtirish imkonini beradi.
Davlat muassasalari qisqartirilgan rejimga o’tadi
Davlat xizmatchilari uchun ham yengillashtirilgan ish tartibi joriy etilmoqda. Dushanbadan payshanbaga qadar ish kuni soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kunlari esa 12:00 gacha etib belgilandi.
Uzluksiz faoliyat yuritishi zarur bo’lgan sohalar bundan mustasno.
Astronomik hisob-kitoblarga ko’ra, 2026-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida va aksariyat musulmon mamlakatlarida Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanadi.
Boshqa mamlakatlar tajribasi
Ramazon davrida ish vaqtini qisqartirish tajribasi boshqa qator davlatlarda ham qo’llaniladi:
- Saudiya Arabistonida davlat sektorida ish kuni besh soatgacha qisqartiriladi.
- Qatar va Quvaytda ham asosan davlat xizmatchilari uchun qisqartirilgan tartib amal qiladi.
- Turkiyada markazlashgan holda ish vaqtini qisqartirish ko’zda tutilmagan, biroq ayrim kompaniyalar ish grafigini mustaqil ravishda o’zgartirishi mumkin.
- Malayziyada davlat muassasalari an’anaviy tarzda qisqartirilgan rejimga o’tadi, xususiy sektorda esa qarorlar ish beruvchilar darajasida qabul qilinadi.
Ramazon oyida ish grafigini o’zgartirish amaliyoti aholisi asosan musulmon bo’lgan mamlakatlarda keng tarqalgan bo’lsa-da, uni amalga oshirish mexanizmlari milliy qonunchilikka qarab farq qiladi.
O’zbekistonda davlat darajasida Ramazon oyi davrida ish kunini qisqartirish ko’zda tutilmagan.



