$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Ramazon uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

Ramazon

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025-yil Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdorini belgiladi. 

Zakot nisobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining qaroriga ko‘ra, 2025 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 so‘m (oltmish bir million ikki yuz ming so‘m) deb belgilandi.

Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga berishi lozim.

Fitr sadaqasi miqdori

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

- 2 kg bug‘doy yoki un – 10 000 so‘m (o‘n ming so‘m);

- 4 kg arpa – 16 000 so‘m (o‘n olti ming so‘m);

- 2 kg mayiz – 110 000 so‘m (bir yuz o‘n ming so‘m);

- 4 kg xurmo – 180 000 so‘m (bir yuz sakson ming so‘m).

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori

Fatvo markazining qaroriga ko‘ra, bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

Теги :
Jamiyat