$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Ramazon oyi qaysi sanadan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Ramazon

Joriy yilda muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi 1-mart kuniga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi. 

Prezident qarori

Prezident Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida tegishli qarorni imzoladi. Unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi. 

"Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" g‘oyasi

Ushbu oyda "Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" g‘oyasi asosida: ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;

oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga: 

atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor berilsin",- deyiladi Prezident qarorida.

Теги :
Jamiyat