$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Botir Rahimov katta sportga qaytdi

Botir Rahimov

Uzoq yillar “Paxtakor” futbol klubi rahbari bo‘lgan, shuningdek, “O‘zbekiston” mehmonxonasiga egalik qilgan tadbirkor Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi

Sport federatsiyalari rahbariyati tarkibidagi o‘zgarishlar

17-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati va Sport vazirligi ishtirokida uchta sport federatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi konferensiyasida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov federatsiya raisi, Otabek Choriyev, Andrey Abduvaliyev va Kamoliddin Usmonov rais o‘rinbosarlari, Kamoliddin Ro‘zmuhammedov esa bosh kotib lavozimiga saylandi. O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi tadbirida “O‘zmilliybank” AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov assotsiatsiya rahbari etib saylandi. U bungacha O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi edi. Alisher Mirsoatov o‘rniga Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisiga aylandi.

Picture background

Botir Rahimov haqida

Botir Rahimov 2001-yilda “Kapitalbank” xususiy bankini ochgan, uzoq yillar “Paxtakor” futbol klubiga rahbarlik qilib kelgan (2017-yilgacha), “O‘zbekiston” mehmonxonasi sobiq egasi. Shuningdek, moliya, sug‘urta, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish, qurilish biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab kompaniyalarga asos solgan. 2016-yilda u milliarder Alisher Usmonovning jiyani bo‘lgan Bobur Usmonovning bevasi hamda birinchi xonim Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonovaga uylangan.

Теги :
Jamiyat