$
 11937.89
-10.69
 13769.16
-24.28
 141.76
-2.53
weather
+26
Кечаси   +14°

Quyosh tutilishidan keyin ko‘z og‘rig‘i bo‘yicha qidiruvlar 1 500 foizga oshdi

quyosh

12-avgust kuni kuzatilgan Quyosh tutilishidan keyin Buyuk Britaniyada ko‘z bilan bog‘liq shikoyatlar keskin ko‘paydi. Google’da “ko‘zlarim og‘riyapti” degan qidiruvlar avvalgi kunga nisbatan 1 500 foizga, Ispaniyada esa 5 000 foizga oshgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar Quyoshga bir necha soniya qaragach, ko‘z og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va xira ko‘rish boshlanganini yozmoqda.

Xo‘sh, Quyosh tutilishini tomosha qilish ko‘zni qanchalik zararlaydi?

Quyosh tutilishidan keyin odamlar ko‘zidan shikoyat qila boshladi

Tutilishdan oldin shifokorlar Quyoshga faqat buning uchun mo‘ljallangan maxsus himoya ko‘zoynaklari orqali qarash kerakligini bir necha bor eslatgan edi. Oddiy ko‘z bilan tikilish ko‘rish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazishi, og‘ir holatlarda esa bu zarar doimiy bo‘lib qolishi mumkin. Shunga qaramay, ayrim odamlar tutilishni himoyasiz kuzatgan.

Buning ortidan internetda ko‘z og‘rig‘i haqidagi qidiruvlar keskin ko‘paygan. Buyuk Britaniyada Google foydalanuvchilari orasida “my eyes hurt”, ya’ni “ko‘zlarim og‘riyapti” so‘rovi payshanba oqshomida bir kun oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 1 500 foizga oshgan. To‘liq Quyosh tutilishi kuzatilgan Ispaniyada esa “me duelen los ojos” — “ko‘zlarim og‘riyapti” degan qidiruvlar 5 000 foizga ko‘paygan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham xavotirli xabarlar paydo bo‘lgan. Foydalanuvchilardan biri Quyoshga atigi bir soniya qaragani, shundan keyin esa ko‘zlari og‘riy boshlaganini yozgan. Yana biri yengil bosh og‘rig‘i paydo bo‘lganidan xavotirlangan. Boshqa foydalanuvchi Quyosh tutilishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qaragach, boshi qattiq og‘riyotgani va ko‘rishi xiralashganini aytgan.

TikTok foydalanuvchilaridan biri esa Quyoshga tikilib qaraganidan keyin ko‘zlarida ilgari hech qachon sezmagan og‘riq paydo bo‘lganini va hatto ko‘rmay qolishidan qo‘rqayotganini yozgan. Boshqa odamlar ham bosh og‘rig‘i va xira ko‘rish kabi holatlardan shikoyat qilgan.

1999-yilda shifoxonaga 1600 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan

Buyuk Britaniyada Quyosh tutilishidan keyingi bunday xavotirlar birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. 1999-yilda mamlakatda to‘liq Quyosh tutilishi yuz berganida Londondagi Moorfields Eye Hospital ko‘z bilan bog‘liq murojaatlar uchun alohida telefon liniyasini ishga tushirgan edi.

O‘sha kuni ushbu liniyaga jami 1 600 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Tutilishdan keyingi dastlabki bir soatning o‘zida 100 dan ortiq odam ko‘zida muammo paydo bo‘lganidan shikoyat qilgan. Keyingi 24 soat davomida ham shifoxona telefonlari tinmagan.

Faqat telefon orqali maslahat olish bilan cheklanmaganlar ham ko‘p bo‘lgan. Quyosh tutilishi tufayli ko‘ziga zarar yetganidan shubhalangan 220 kishi Moorfields Eye Hospital’ning shoshilinch yordam bo‘limiga borib, tekshiruvdan o‘tgan.

Shifokorlar hozir ham Quyoshga qaragandan keyin ko‘rishda kutilmagan o‘zgarish sezgan odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Ko‘z yoshlanishi yoki og‘rishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rishning xiralashishi va tasvirning odatdagidan boshqacha ko‘rinishi e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak. Ayniqsa, bunday alomatlar bir necha soat ichida yo‘qolmasa yoki kuchayib borsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Quyoshga qisqa vaqt qarash ham to‘r pardani shikastlashi mumkin

Moorfields Eye Hospital va Moorfields Private ko‘z jarrohi-konsultanti Alex Ionidesning aytishicha, qisman Quyosh tutilishi vaqtida Quyoshga qarash xavfsiz degan fikr noto‘g‘ri. Oy Quyoshning katta qismini yopgan bo‘lsa ham, qolgan yorug‘lik ko‘zning nozik qismlariga zarar yetkazadigan darajada kuchli bo‘lishi mumkin.

Asosiy xavf ko‘zning orqa qismidagi to‘r parda bilan bog‘liq. U yorug‘likni qabul qiladi va odamning ko‘rishida muhim rol o‘ynaydi. Quyoshga to‘g‘ridan to‘g‘ri qaralganda kuchli yorug‘lik va ultrabinafsha nurlanish to‘r parda hujayralarini shikastlashi mumkin. Tibbiyotda bu holat “quyosh retinopatiyasi” deb ataladi.

Bunday shikastlanish uchun Quyoshga uzoq vaqt tikilib turish shart emas. Qisqa muddatli ta’sirning o‘zi ham yetarli bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, odam ko‘ziga zarar yetayotgan paytda buni sezmasligi mumkin. Shikastlanish og‘riqsiz kechib, dastlab hammasi joyidagidek tuyuladi. Bir necha soatdan keyin esa ko‘rish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Quyoshga qaragandan keyin ko‘z og‘rishi, qizarishi, ko‘zga qum kirgandek achishish yoki bezovtalik, xira va buzilib ko‘rish, ko‘z oldida yangi qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishi yoki ko‘rishning to‘satdan o‘zgarishi xavotirli belgilar hisoblanadi.

Quyosh retinopatiyasida ranglarni avvalgidek aniq ajratish qiyinlashishi, o‘qishda muammo paydo bo‘lishi yoki ko‘rish markazida qoramtir dog‘ ko‘rinishi ham mumkin. Ayrim bemorlarda ko‘rish vaqt o‘tishi bilan tiklanadi. Biroq shifokorlar ba’zi holatlarda ko‘rish qobiliyatidagi zarar doimiy bo‘lib qolishi mumkinligini ham ogohlantirmoqda. Shuning uchun bunday belgilar kuzatilsa, imkon qadar tez tibbiy yordam olish kerak.

Maxsus ko‘zoynakdan foydalanganlarda ham bosh va ko‘z og‘rig‘i kuzatilgan

Quyosh tutilishini maxsus himoya ko‘zoynaklari orqali tomosha qilgan ayrim odamlar ham keyinchalik ko‘zlari charchagani yoki boshi og‘riganini bildirgan. Bu holat ularda ham to‘r parda shikastlangan degani emas.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, ISO 12312-2 standartiga mos, Quyoshni kuzatish uchun ishlab chiqarilgan ko‘zoynakdan to‘g‘ri foydalanilgan bo‘lsa, undan keyingi yengil ko‘z charchashi yoki bosh og‘rig‘i boshqa sabab bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu uzoq vaqt telefon, televizor yoki kompyuter ekraniga tikilib o‘tirgandan keyin paydo bo‘ladigan zo‘riqishga o‘xshaydi.

Bunday noqulaylik odatda bir necha soat ichida kamayib, o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Faqat ko‘z og‘rig‘ining o‘zi to‘r parda zararlanganini anglatmaydi.

Ammo ko‘rish xiralashsa, tasvir qiyshayib yoki buzilib ko‘rinsa, ranglarni ajratish qiyinlashsa, ko‘rish markazida yangi qoramtir dog‘ paydo bo‘lsa yoki ko‘rish qobiliyatida to‘satdan o‘zgarish yuz bersa, vaziyat boshqacha. Bunday belgilar oddiy ko‘z charchashi sifatida qabul qilinmasligi kerak. Quyoshga qaragandan keyin shunday alomatlar paydo bo‘lgan odamga imkon qadar tez ko‘z shifokoriga murojaat qilish tavsiya etiladi. Qisqa muddatli ta’sirning o‘zi ham yetarli bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, odam ko‘ziga zarar yetayotgan paytda buni sezmasligi mumkin. Shikastlanish og‘riqsiz kechib, dastlab hammasi joyidagidek tuyuladi. Bir necha soatdan keyin esa ko‘rish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Quyoshga qaragandan keyin ko‘z og‘rishi, qizarishi, ko‘zga qum kirgandek achishish yoki bezovtalik, xira va buzilib ko‘rish, ko‘z oldida yangi qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishi yoki ko‘rishning to‘satdan o‘zgarishi xavotirli belgilar hisoblanadi.

Quyosh retinopatiyasida ranglarni avvalgidek aniq ajratish qiyinlashishi, o‘qishda muammo paydo bo‘lishi yoki ko‘rish markazida qoramtir dog‘ ko‘rinishi ham mumkin. Ayrim bemorlarda ko‘rish vaqt o‘tishi bilan tiklanadi. Biroq shifokorlar ba’zi holatlarda ko‘rish qobiliyatidagi zarar doimiy bo‘lib qolishi mumkinligini ham ogohlantirmoqda. Shuning uchun bunday belgilar kuzatilsa, imkon qadar tez tibbiy yordam olish kerak.

Maxsus ko‘zoynakdan foydalanganlarda ham bosh va ko‘z og‘rig‘i kuzatilgan

Quyosh tutilishini maxsus himoya ko‘zoynaklari orqali tomosha qilgan ayrim odamlar ham keyinchalik ko‘zlari charchagani yoki boshi og‘riganini bildirgan. Bu holat ularda ham to‘r parda shikastlangan degani emas.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, ISO 12312-2 standartiga mos, Quyoshni kuzatish uchun ishlab chiqarilgan ko‘zoynakdan to‘g‘ri foydalanilgan bo‘lsa, undan keyingi yengil ko‘z charchashi yoki bosh og‘rig‘i boshqa sabab bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu uzoq vaqt telefon, televizor yoki kompyuter ekraniga tikilib o‘tirgandan keyin paydo bo‘ladigan zo‘riqishga o‘xshaydi.

Bunday noqulaylik odatda bir necha soat ichida kamayib, o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Faqat ko‘z og‘rig‘ining o‘zi to‘r parda zararlanganini anglatmaydi.

Ammo ko‘rish xiralashsa, tasvir qiyshayib yoki buzilib ko‘rinsa, ranglarni ajratish qiyinlashsa, ko‘rish markazida yangi qoramtir dog‘ paydo bo‘lsa yoki ko‘rish qobiliyatida to‘satdan o‘zgarish yuz bersa, vaziyat boshqacha. Bunday belgilar oddiy ko‘z charchashi sifatida qabul qilinmasligi kerak. Quyoshga qaragandan keyin shunday alomatlar paydo bo‘lgan odamga imkon qadar tez ko‘z shifokoriga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Теги :
Jamiyat