$
 12020.48
4.52
 14048.33
-3.13
 158.77
-1.53
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek dalasidan dunyo bozoriga: Farg‘onada eksportga yo‘naltirilgan “Quva Agrostar” markazi ishga tushdi

O‘zbekistonda agrar sohada ishlab chiqarish zanjirining tarqoqligi muammo bolib kelgan. Dehqon mahsulot yetishtirar, ammo uni saqlash, saralash, qadoqlash va tashqi bozorga chiqarish imkoniyati cheklangan edi. Ixtisoslashgan agrokomplekslar esa aynan shu bo‘shliqni to‘ldirmoqda. Ulardan biri — Quva tumanida joylashgan “Quva Agrostar” hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida mazkur korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Loyiha Mikrokreditbank investitsiyasi asosida tashkil etilgan.

Daladan eksportgacha — yagona tizim

“Quva Agrostar” oddiy korxona emas. Bu yerda mahsulot yetishtirishdan tortib, uni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar yagona tizimda yo‘lga qo‘yilgan. Korxona yiliga 12 turdagi 5 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlar

Korxonaning Italiya, Ispaniya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalari va Global GAP, ISO 22000, Halal va HACCP kabi xalqaro sertifikatlari mahsulot sifati va milliy brendga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tizimli yondashuv natijasida 2025-yilda ilk bor Yaponiya va Janubiy Koreya kabi talabchan bozorlarga aviatransport orqali mahsulot eksport qilindi. Joriy yilda 25 million dollarlik mahsulotni tashqi bozorga yetkazish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari “Quva Agrostar” faoliyati va erishilgan natijalarni yuqori baholab, bunday integratsiyalashgan agroloyihalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Теги :
Jamiyat