$
 12098.12
13.17
 14353.21
170.31
 158.64
-0.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Quloq ogʻrigʻi, bosh aylanishi va burundan qon kelishi: AQSh Maduroni o‘g‘irlashda qanday “maxfiy qurol”dan foydalandi?

venesuella

Venesuela mudofaa vaziri AQSHni prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni o‘g‘irlash jarayonida mamlakatni “qurollar laboratoriyasi”ga aylantirganlikda aybladi. Vladimir Padrino Lopes AQSH Venesuelada sun’iy intellektga asoslangan va avval hech qachon ishlatilmagan ilg‘or harbiy texnologiyalarni sinovdan o‘tkazganini aytdi.

U AQSH hujumi paytida Karakasta 47 nafar venesuelalik askar halok bo‘lganini aytdi. Maduroni qo‘riqlayotgan 32 nafar kubalik askar ham halok bo‘lgan.

“AQSH prezidenti jang maydonlarida hech qachon qo‘llanilmagan, dunyoda hech kimda bo‘lmagan qurollar ishlatilganini tan oldi. Ular 2026-yil 3-yanvar kuni bu texnologiyani Venesuela xalqqa qarshi qo‘lladi”, - dedi u.

Tramp nima degandi?

Lopes Trampning NewsNation telekanaliga bergan intervyusiga ishora qildi. U yerda Tramp “ovozli qurol” ishlatilganini aytgan edi. 

Tramp intervyusida gap The Discombobulator (dizkombobulator) deb nomlangan qurol haqida ketayotganini aytgan edi. Aynan u Venesuela rahbarini qo‘lga olishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Tramp mazkur qurol Venesueladagi Xitoy va Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy texnikani ishdan chiqarishga yordam berganini aytdi.

AQSH prezidentining yuqoridagi bayonoti CNN telekanalidagi xabar ortidan yangradi. Telekanal manbalariga ko‘ra, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi taxminan bir yil avval “Gavana sindromi”ga o‘xshash alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qurilmani sotib olgan.

Bu qanday sindrom?

“Gavana sindromi” — 2016-yildan buyon dunyoning turli mamlakatlarida AQSH davlat xizmatchilarida kuzatilgan tushuntirib bo‘lmaydigan simptomlar majmuasiga berilgan nomdir. Ushbu holat ilk bor AQSHning Gavanadagi elchixonasi xodimlari doimiy shovqinlar, quloq og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda vibratsiya va bosim hissidan shikoyat qilganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, “Gavana sindromi” mikroto‘lqinli nurlanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

New York Post nashri Maduroga qarshi o‘tkazilgan operatsiya guvohlariga tayanib xabar berishicha, AQSH harbiylari hujumi vaqtida Venesuela prezidentining qo‘riqchilarida kutilmaganda burundan qon kelishi boshlangan. Ayrim qo‘riqchilar qon qusgani ham aytilmoqda.

“Bir payt ular nimanidir ishga tushirdi. Buni qanday tasvirlashni bilmayman. Bu juda kuchli tovush to‘lqiniga o‘xshardi. Birdan boshim ichkaridan portlayotgandek bo‘lib ketdi”, dedi operatsiya guvohi.

Nashrga bergan izohida Donald Tramp yangi qurolga oid qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortgan.

“Discombobulator” nima degani?

“Discombobulator” degan aniq ilmiy ta’rifga ega qurol mavjud emas. Bu siyosiy atama bo‘lib, mavjud nokinetik texnologiyalarning umumiy nomi bo‘lishi mumkin. U quyidagilarni anglatishi mumkin:

Kiber tarmoqlarni ishdan chiqarish;

Antenna va sensorlarga aniq zarbalar;

Elektr ta’minotini uzish.

Mutaxassislarga ko‘ra, “ovozli qurol” uskunalarni ishdan chiqara olmaydi. Agar odamlarda og‘ir alomatlar bo‘lgan bo‘lsa, bu portlash to‘lqini, shok-granatalar yoki boshqa chalg‘ituvchi vositalar natijasi bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat