Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik quruvchilarga mahalliy ishchilarga qaraganda 50 foizga kam maosh to‘lanmoqda

Qirg‘iziston iqtisod fanlari doktori, professor Azisbek Beksultanov “Birinchi radio” nashriga bergan intervyusida mahalliy va xorijiy ishchilarga to‘lanayotgan haq borasida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qiladi

 G'alati tafovut

“Tazabek.kg” nashrining ma'lum qilishicha, Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik quruvchilarga mahalliy ishchilarga qaraganda 50 foizga kam maosh to‘lanmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisod fanlari doktori, professor Azisbek Beksultanov “Birinchi radio” nashriga bergan intervyusida gapirgan. Uning aytishicha, mahalliy va xorijiy ishchilarga to‘lanayotgan haq borasida g'alati holat kuzatilmoqda. O‘zbekistonlik ishchilar nisbatan kam haq evaziga ishlashmoqda. 

"Ularning ishlari yuqori sifatli va estetik did bilan qilingan"

Professor so‘nggi yillarda Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik quruvchilar soni sezilarli darajada ko‘payganini ta'kidlarkan, ishchilar asosan Farg‘ona vodiysiga tutash Qirg‘iziston tumanlariga borib qurilish ishlarida ishlashayotganini aytgan. “Ko‘pchilik taʼkidlaganidek, ularning ishlari yuqori sifatli va estetik did bilan qilingan, biroq o‘zbekistonliklarga to‘lanadigan maosh ancha past. Masalan, shartnomaga ko‘ra, Qirg‘izistonda mahalliy ishchilarga 20 ming so‘m, o‘zbek ustalariga esa bor-yo‘g‘i 10 ming so‘m maosh to‘lanadi, bu 50 foizga arzon degani”, — deydi Azis Beksultanov.