$
 11937.60
-37.19
 13961.02
-47.09
 159.47
-0.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya armiyasi safida eng koʻp oʻzbekistonliklar halok boʻlyapti

urush

Rossiya-Ukraina urushida xorijiy fuqarolarning Rossiya armiyasi safiga jalb etilishi va ular orasidagi qurbonlar soni haqida “Truth Hounds” inson huquqlari tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotda jiddiy ma’lumotlar keltirib o‘tildi. 

Qurbonlar soni qancha?

Unga ko‘ra, 2022-yildan buyon kamida 130 dan ortiq davlatdan o‘n minglab xorijliklar armiya safiga jalb qilingan va ularning salmoqli qismini Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi. 

Ochiq manbalarga asoslangan tahlillarga ko‘ra, Rossiya tomonida kamida 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan va bu ko‘rsatkich xorijliklar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari qayd etilgan.

Asosiy nishon migrantlar

Tadqiqotchilar rekruting mexanizmlari ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoyasiz qatlam – migrantlarni nishonga olganini ta’kidlashgan. 2022-yildan boshlab migrantlar yashaydigan va ishlaydigan hududlarda, shuningdek, masjidlarda reydlar keskin ko‘paygan. Ko‘p hollarda harbiy kontrakt imzolash deportatsiya yoki jinoiy ta’qibdan qutulish yo‘li sifatida taqdim etilgan bo‘lib, hujjatlarni tortib olish, soxta jinoiy ayblovlar qo‘yish, kaltaklash va bosim o‘tkazish kabi holatlar qayd etilgan. Ko‘plab xorijliklar Rossiya fuqaroligini olish yoki Yevropaga chiqish kabi va’dalar bilan jalb qilingan bo‘lsa-da, amalda tilni bilmasdan turib shartnomalar imzolashga majburlangan va qisqa tayyorgarlikdan so‘ng eng xavfli front hududlariga yuborilgan. 

Shu sababli tadqiqot mualliflari mazkur amaliyotni oddiy harbiy rekruting deb baholamay, aldash, majburlash va ekspluatatsiya holatlarini hisobga olgan holda odam savdosi belgilariga mos kelishini ta’kidlaganlar. Hisobot natijalari Rossiya armiyasida xorijliklarni jalb qilish tizimi tasodifiy emas, balki tizimli ekanini va bu jarayon mintaqaviy xavfsizlik hamda inson huquqlari nuqtai nazaridan jiddiy xavotir uyg‘otishini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat