Mundial sari "hal qiluvchi yo'l" ma'lum bo'ldi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo qit’asi uchun 2026-yilgi jahon chempionati 3-saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Osiyo qit’asi uchun 2026-yilgi jahon chempionati 3-saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘zining navbatdagi, hal qiluvchi bosqichdagi raqiblarini bilib oldi.
A guruhi
Eron
Qatar
O‘zbekiston
BAA
Qirg‘iziston
KXDR
B guruhi
Janubiy Koreya
Iroq
Iordaniya
O‘mon
Falastin
Quvayt
С guruhi
Yaponiya
Avstraliya
Saudiya Arabistoni
Bahrayn
Xitoy
Indoneziya
Safar e’tibori bilan O‘zbekistonga yaqin masofada joylashgan mamlakat jamoalari tushgani yaxshi bo‘ldi
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes qur’a yakunlangach, u haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, jamoalar teng. Safar e’tibori bilan O‘zbekistonga yaqin masofada joylashgan mamlakat jamoalari tushgani yaxshi bo‘ldi. Bugundanoq tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. Qatar juda yaxshi jamoa, oxirgi Jahon kubogi ishtirokchisi, uzoq vaqtdan beri bir xil tarkibga ega. Ularni hurmat qilamiz. Biroq asosiy e’tibor fokus o‘zimizga qaratiladi. Muxlislardan oxirgi o‘yindagi kabi qo‘llab quvvatlashlarini so‘rayman. Ular bizni qo‘llasa albatta yaxshi natijaga erishamiz. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman, mag‘lubiyatsiz seriyada ketyapmiz. Futbolchilar jarohat olmasdan, o‘z klubida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari juda muhim.
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlar taqvimi:
2024-yil
1-tur. 5-sentyabr. O‘zbekiston — KXDR
2-tur. 10-sentyabr. Qirg‘iziston — O‘zbekiston
3-tur. 10-oktyabr. O‘zbekiston — Eron
4-tur. 15-oktyabr. O‘zbekiston — BAA
5-tur. 14-noyabr. Qatar — O‘zbekiston
6-tur. 19-noyabr. KXDR — O‘zbekiston
2025-yil
7-tur. 20-mart. O‘zbekiston — Qirg‘iziston
8-tur. 25-mart. Eron — O‘zbekiston
9-tur. 5-iyun. BAA — O‘zbekiston
10-tur. 10-iyun. O‘zbekiston — Qatar



