$
 12085.56
33.51
 13870.60
-114.6
 164.52
-0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonda nimalar qildi?

Saida Mirziyoyeva Qozog

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mamlakat rahbariyati, Prezident administratsiyasi hamda davlat tuzilmalari mutasaddilari bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Qozog‘iston Prezidenti bilan uchrashuv

Tashrifning markaziy voqealaridan biri Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv bo‘ldi. Unda Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning bugungi yuqori darajasi hamda ittifoqchilik munosabatlari alohida qayd etildi.

“Qozog‘iston biz uchun shunchaki qo‘shni yurt emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir. Qasim-Jomart Kemelevichga iliq qabul va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik-birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlari uchun chuqur minnatdorlik izhor qilaman”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Prezident administratsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari

Tashrif doirasida Saida Mirziyoyeva o‘zining qozog‘istonlik hamkasbi — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Muloqotda O‘zbekiston-Qozog‘iston sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvning asosiy natijasi sifatida oliy darajada, ya’ni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilandi. Shu maqsadda prezident administratsiyalari o‘rtasida yanada yaqin, tezkor va samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Madaniy diplomatiya, yoshlar siyosati va yuqori texnologiyalar

Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan o‘tkazilgan uchrashuvda uzoq muddatli sheriklikning strategik ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Tomonlar ikki xalq o‘rtasidagi hamjihatlikni kuchaytirishda madaniy aloqalarning o‘rni katta ekanini qayd etishdi.

Muzokaralar davomida davlatlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda yoshlarning ishtirokini kengaytirish hamda yuqori texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Moliya markazlari tajribasi va investitsion jozibadorlik

Saida Mirziyoyeva Ostona shahriga tashrifi davomida “Ostona” xalqaro moliya markazi (AIFC) faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Ushbu tuzilma tajribasini o‘rganish O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega. Zero, ayni paytda Toshkentda ham shunday xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik nafaqat ikki mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga, balki umumiy mintaqaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

“Ishonamanki, mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish nafaqat mamlakatlarimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga yanada ko‘proq investitsiya jalb qilishga yordam beradi”, — deydi administratsiya rahbari.

Теги :
Jamiyat