$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada "pensioner" o‘z o‘g‘lini pichoqladi

qotil ota

Fargʻona viloyatida 72 yoshli ota 41 yoshli oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi. 

Voqea tafsilotlari

Voqea 1-sentyabr kuni soat 17:00 lar atrofida Oltiariq tumani “Toshobod” MFYda sodir boʻlgan. 1952-yilda tugʻilgan N.N. yashash xonadonida oʻgʻli 1983-yilda tugʻilgan O.N. bilan oʻzaro janjallashgan. Janjal oqibatida u oʻgʻlini qasddan oʻldirish maqsadida yashash xonadonidan oshxona pichogʻini olib, ushbu pichoq bilan qurollanib, O.N.ning koʻkrak qafasi yuqori chap tomon qismiga bir marotaba urib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida fuqaro O.N. Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasi ShTTYoB reanimatsiya boʻlimida vafot etgan.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Mazkur holat yuzasidan 2-sentyabr kuni Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan N.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumon qilinuvchi N.N. Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.