$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Tabiiy resurslarni o‘g‘irlash holatlari fosh etildi

positive

Tabiiy resurslarni o‘g‘irlash holatlari fosh etildi

Bu holatlarda davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3 milliarddan ortiqroq zarar yetkazilgan.

Toshni qayta ishlash sexidagi holat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi va "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir amalga oshirildi.

Aniqlanishicha, "M-x." MCHJ mas’ul va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Islomobod MFY, Toshkent ko‘chasi joylashgan toshni qayta ishlash sexida o‘rnatilgan elektr hisoblash uskunasining muhrlarini buzib, xotirasiga tashqi ta’sir o‘tkazish orqali tijorat maqsadida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Yana bir holatda Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda "Z.B." MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Andijon tumanidagi dori ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan elektr hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazish orqali tijorat maqsadida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 745,3 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Tabiiy gazga bog‘liq holatlar

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "M.B." fermer xo‘jaligi rahbari X.X. va boshqalar Qarshi shahri, Nasaf ko‘chasidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga 5 dona pech va qozonlarni o‘zboshimchalik bilan ulab, tijorat maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 761,6 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Ovqatlanish shoxobchasidagi holat

Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.T. Yangi Yunusobod ko‘chasida umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil qilib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 488,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Jinoyat ishlari

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilik bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu holatlar haqida prokuratura departamenti xabar bergan.

Теги :
Жамият