Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Qonuniy tashkilotlarning qonunbuzarliklari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zsuvta’minot”, Yoshlar siyosati va sport vazirligi eng ko‘p qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan idoralardir.

2 daqiqa o‘qiladi

Qonuniy tashkilotlarning qonunbuzarliklari

Ko‘pincha, qayergadir murojaat qilinganda qog‘ozbozlik, yugur-yugurlarga ko‘p duch kelinadi. Umuman olganda, talabdagi hujjatlardan boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish ham qonun buzilishining ma’lum bir ko‘rinishi hisoblanadi. Qizig‘i, murojaat qilingan tashkilotlar har xil, muammolar esa bir xil bo‘ladi.

6 xil ko‘rinishdagi qonunbuzarliklar

Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra 382 783 ta qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan. Ushbu qonunbuzarliklarda asosan 6 ta holatlar ko‘p uchragan. Eng ko‘p shikoyatlar esa muddatidan o‘tib ketgan xizmat ko‘rsatishlar bo‘lgan. Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan 382 783 ta qonunbuzarliklarning 335 149 tasi muddati buzilishidir. Undan keyingi o‘rinda esa qog‘ozbozlik, ya’ni ortiqcha hujjat talab qilish. 14 878 holatda aynan shunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. 14 826 ta holatda esa hech qanday asossiz murojaatlar rad qilingan. Bundan tashqari, qonuniy talablarni bajarmaslik holatlari esa 232 tani tashkil qilmoqda.

“Otangga bor, enangga bor”

Xizmatlardan foydalanayotgan yoki muammosini hal qilish uchun tashkilotlarga murojaat qilganlarning 3 570 tasining so‘rovlari shunchaki eshikni ko‘rsatish bilan yakunlangan. Ularga xizmat ko‘rsatilish o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlariga murojaat qilishi aytilgan. Boshqa turdagi qonun buzilish holatlari esa 14 098 tani tashkil qildi.

Elektr energiyasi bilan gaz shu yerda ham birinchilikni bermayapti

Ushbu qonunbuzarliklarni amalga oshirgan asosiy idoralardan biri aynan elektr energiyasi hamda gaz bilan bog‘liq tashkilotlardir. Unga ko‘ra, eng ko‘p yuqoridagi qonun buzilishlarini amalga oshirgan idora esa “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tizimidagi tashkilotlardir. Ushbu AJ 93 785 ta holatda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan. 36 236 ta qonunbuzarlikni amalga oshirgan tashkilot – “Hududgazta’minot” AJ va unga tegishli bo‘lgan idoralar. Navbatdagi yirik tashkilotlardan biri bu “Hududiy elektr tarmoqlari” AJdir. U o‘ziga tegishli tashkilotlar bilan birga 23 291 ta qonun buzilishiga imkon yaratgan.

Vazirliklarda ahvol qanday?

Vazirliklar O‘zbekistonning asosiy idoralaridan hisoblansa-da ularga tegishli hududiy tashkilotlarda qonunbuzarlik holatlari ko‘p uchraydi. Ayniqsa, tibbiy masalalardagi murojaatlar asosiy o‘rinlardan biridadir. Vazirliklar orasidagi eng ko‘p qonunbuzarlik ham Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligida bo‘lgan. Unga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda 64 257 ta qonundan chiqish holatlari aniqlangan. Shuningdek, SSVda esa bu holat ta’kidlangan vazirlikdan ko‘ra kamroq. Shunday bo‘lsa ham, SSV va uning tizimidagi tashkilotlar 25 838 ta holatda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan.