$
 12175.53
-4.28
 14151.62
12.08
 155.08
-1.65
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda voyaga yetmagan bolalariga mashina boshqaruvini bergan ota qamaldi

ota

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida voyaga yetmagan bolalariga avtomobil boshqaruvini bergan erkakka chora ko‘rildi, deya xabar bermoqda (https://t.me/iivjxduz/106037) Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti.

Otaning qoʻpol munosabati

Tarmoqlarda tarqalgan videoda bolalar mahalla ko‘chalari bo‘ylab yuqori — 130 km/soat atrofidagi tezlikda avtomobil boshqarib yurganini ko‘rish mumkin. Bunga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan qo‘shnilarga esa ularning otasi qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

“…Kimsan senlar? Sur bu yerdan, hozir eshiging tagiga borib shu ishni qilaman… Sen qicgin, erkak bo‘lsang, ayollarni aralashtirmaysan, musor”, — deya baqiradi ota.

IIVning ma’lum qilishicha, fuqaro Nozim Azizovning Hasan va Husan ismli voyaga yetmagan o‘g‘illari mahalla ko‘chasida avtomashinani juda yuqori tezlikda haydab yurishgan. Bu esa hovlida o‘ynayotgan bolalar va yurib-turgan keksalar uchun jiddiy xavf tug‘dirgan va qo‘shnilarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Xususan, 7-mart kuni soat 21:00 atrofida qo‘shni fuqaro ushbu holatni tinch yo‘l bilan muhokama qilish va bolalarga tanbeh berishni so‘rash maqsadida Azizovning uyi oldiga kelgan. Biroq farzandlarini to‘xtatish o‘rniga ota ularni himoya qilishni tanlagan.

Guvohlarning aytishicha, u qo‘shni ayolni haqorat qilib, baland ovozda baqirgan va mahalla aholisining tinchligini buzgan. Mahalladagi janjal yuzasidan 102 raqamiga murojaat qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonlarni bo‘limga olib borib, holat bo‘yicha surishtiruv harakatlarini amalga oshirgan.

Sud qarori

8-mart kunidagi sud qaroriga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Nozim Azizovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

“Men 2026-yil 8-martgacha bolalarimning qo‘liga kalit bermaganman. Bular 2025-yil noyabr yo dekabr oylarida ruxsatimsiz cho‘ntagimdan kalitni olib, yuvib, ko‘chaga olib chiqib ketishgandi”, — deydi erkak.

Voyaga yetmaganlar tomonidan boshqarilgan trasnsport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

“Bunday munosabat ko‘p hollarda o‘smirlar uchun „bizga hamma narsa mumkin“ degan signalga aylanadi. Kattalar qonunbuzarlikka ko‘z yumsa, bolalarning xatarli xatti-harakatlarini oqlasa yoki ularni tanqiddan himoya qilsa, o‘smirlarda jazosizlik hissi shakllanadi”, — deya qayd etdi IIV.

Vazirlikka ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda shunday holatlar sodir bo‘lmoqda, voyaga yetmaganlar mashina boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzmoqda, ayrim ota-onalar esa bu qonunbuzarlikka befarq qaramoqda. Biroq bu kabi holatlar oqibatsiz qolmaydi.

Теги :
Jamiyat