$
 11969.66
-32.05
 13927.90
-56.49
 152.56
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tuya goʻshti yegan” Davlat tili haqidagi qonun qachon qabul qilinadi?

qonun

“Milliy tiklanish” partiyasi markaziy binosida 16-yanvar kuni matbuot anjumani o‘tkazildi va unda jurnalistlar partiya raisi Alisher Qodirovdan 2021-yilning iyunida Senat tomonidan ma’qullangan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri taqdiri bo‘yicha izoh so‘radi.

Qonun parlamentga qaytarilgan

Qodirovning maʼlum qilishicha, “Davlat tili haqida”gi qonun uch o‘qishda Qonunchilik palatasida, so‘ng Senat tomonidan ma’qullangan va prezidentga yuborilgan. Davlat rahbari esa qonunni parlamentga qaytargan.

“Ular o‘zining qaytarish institutidan foydalangan holda qonunni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bergan va uni parlamentga qaytargan. Davlat rahbari tomonidan juda to‘g‘ri takliflar kiritilgan. Hatto biz buni olqishladik. Chunki “Milliy tiklanish” partiyasi birinchi va ikkinchi o‘qishda qonunda aks etishi kerak bo‘lgan ayrim normalarni kirita olmagan edi. Davlat rahbarining global chaqiruvlar va qadriyatlarning ahamiyati yanada ortib borayotgan bir zamonda “Davlat tili haqida”gi qonunni zamonaviy talablar va chaqiruvlarga uyg‘un holda bo‘lishini talab qilayotgani bizni juda quvontirdi”, — deydi partiya raisi.

Qonun qachon qabul qilinadi?

U mazkur qonun qachon qabul qilinishi haqidagi savolga izoh berarkan, ayni paytda uning ustida ish olib borilayotganini ta’kidladi. 

“Bu bo‘yicha sizlarga aniq vaqt ayta olmayman, lekin ishlayapmiz. Ushbu qonun bugungi kunda O‘zbekiston uchun juda zarur va ayrim masalalar yetildi”, — deydi Qodirov.

Uning qayd etishicha, davlat tilini qonun bilan himoya qilib bo‘lmaydi. Avvalo, davlat tiliga nisbatan jamoatchilik munosabatini o‘zgartirish va uning rivojlanishi uchun sharoit yaratish kerak. “Qonun o‘zgartirilgani bilan bu narsalarga erishib bo‘lmaydi”.

“Jamoatchilikda davlat tiliga munosabat o‘zgaryapti. Bugun davlat tiliga munosabat avvalgidek emas, odamlar bee’tibor bo‘lmayapti, hurmat qilyapti. Mana, ko‘ryapsizlar, davlat tili bo‘yicha komissiya ish boshladi, bir necha takliflar amalga oshyapti. Bularning hammasi, albatta, olqishlanadigan jarayon. Davlat tiliga bo‘lgan munosabatimiz tom ma’noda takomillashyapti”, — deydi u.

Теги :
Jamiyat