$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayol yana o‘sha xonadonda qoldirilmaydi

zo

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarga qaramay, afsuski, jamiyatda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlanayotganlar ham bor. Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderi beriladi, ammo ayol yana zo‘ravonning uyida qolishga majbur bo‘lardi.

Ijara pulini kim toʻlaydi?

Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi ayni masalalarga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Unga ko‘ra, endilikda jabr ko‘rgan ayol yana o‘sha xonadonda qoldirilmaydi. 

Ikki taraf kelishib, yangi joyga o‘tishi, agar ijaraga olingan uy bo‘lsa, ijara pulini zo‘ravonlikka uchragan ayol emas, mulkdor to‘lashi bo‘yicha norma kiritilmoqda.  

Buning nima foydasi bor?

— Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda, sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra, uy-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mutanosib sharoitga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritishi yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorga yuklashi mumkin, — dedi deputat Umida Rahmonova. — Uy-joy kodeksining 32-moddasiga kiritilayotgan norma bilan ushbu tartib joriy qilinmoqda. 

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi uy-joy nizolarini ko‘rib chiqishda mulkdorning manfaatlarini inobatga olish bilan birga, xotin-qizlarga yashash uchun qulay sharoit yaratish hamda oila va xotin-qizlar boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat