Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +7°
Читать на русском

Oʻzbekiston 2016-yildan buyon ilk marta jahon qonun ustuvorligi indeksida pastladi

Maʼlumot uchun, reyting hukumat vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yoʻqligi, ochiq hukumat, inson huquqlari, himoya va xavfsizlik, qonun nazorati, fuqarolik sudlovi, jinoiy sudlov darajasi kabi koʻrsatkichlar asosida shakllantirilgan.

3 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekiston 2016-yildan buyon ilk marta jahon qonun ustuvorligi indeksida pastladi

Global qonun ustuvorligi indeksining 2024-yilgi hisobotida Oʻzbekiston 142 davlat orasida 83-oʻrinni egalladi.

Reyting nimalar asosida shakllantirilgan?

WJP reytingi fuqarolar, huquqshunoslar va yuridik sohasidagi ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida tuziladi. Qonun ustuvorligini o‘lchash uchun sakkizta omil qo‘llaniladi. Bular hukumat vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yoʻqligi, ochiq hukumat, inson huquqlari, himoya va xavfsizlik, qonun nazorati, fuqarolik sudlovi, jinoiy sudlov darajasi kabilardir.

2016-yildan buyon ilk marta pastlash

Oʻzbekiston himoya va xavfsizlik darajasi boʻyicha eng yaxshi natijani qayd qilgan. Qolgan koʻrsatkichlari dunyo mamlakatlari orasida oʻrtacha darajaga ega.

Qayd qilinishicha, Oʻzbekiston reytingda 2016-yildan beri birinchi marta pastlamoqda va 2023-yilga nisbatan 5 pogʻona pastga tushgan.

Qoʻshni mamlakatlar reytingda qaysi oʻrinlarni band etdi?

Reytingning dastlabki besh pogʻonasidan Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Germaniya joy egallab, oʻz oʻrnini saqlab qoldi.

Shuningdek, reytingda Qozogʻiston 65-oʻrinda, Qirgʻiziston 101-oʻrinda, Rossiya 113-oʻrinda qayd etildi. Ushbu davlatlarning ham reytingdagi oʻrni oʻzgarishsiz qoldi.

2023-yildagi reyting natijalari

World Justice Project (WJP) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan e’lon qilingan qonun ustuvorligining 2023-yildagi reytingida O‘zbekiston 142 ta mamlakat orasida 78-o‘rinni egallagan edi. Mamlakat 2022-yilgi reytingda xuddi shu o‘rinni egallagan, ammo unda reytingda 140 ta davlat qamrab olingandi. 

100 balldan 50 ball to‘plagan O‘zbekiston Shri-Lanka (77-o‘rin) va Hindiston (79-o‘rin) orasida joylashgan.

Reytingga kiritilgan MDH davlatlaridan eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston (65-o‘rin), eng pastini esa Rossiya (113-o‘rin) egalladi. Qirg‘iziston 103-o‘rinda, Belarus esa 104-o‘ringa joylashdi.

Ro‘yxatning kuchli beshligidan Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Germaniya joy olgan. Oxirgi o‘rinlarni Venesuela, Kambodja, Afg‘oniston, Gaiti va Kongo Demokratik Respublikasi egallagan.

Qonun ustuvorligi zaiflashuvining ikkita asosiy sababi

Reyting mualliflarining qayd etishicha, qonun ustuvorligi jahon miqyosida ketma-ket yettinchi yil pasaygan. 2016-yil bilan taqqoslaganda, retsessiya mamlakatlarning 78 foizini qamrab oldi. Reyting tuzuvchilarning fikricha, qonun ustuvorligining zaiflashuvining ikkita asosiy sababi avtoritarizmning kuchayishi va sud tizimining zaifligidir.

“Dunyo ijroiya organlarining suiiste’mol qilinishi, inson huquqlarining yemirilishi va odamlarning ehtiyojlarini qondira olmaydigan cheklangan adliya tizimlari bilan tavsiflangan qonun ustuvorligining tanazzuliga uchragan. Butun dunyodagi odamlar buni uchun jabr chekmoqda”, — dedi WJP hammuassisi va prezidenti Uilyam Nyukomb.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlar

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi quyidagi mamlakatlar tadqiqotda qamrab olingan: Albaniya, Belarus, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kosovo, Moldova, Rossiya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina.

O‘rtachadan past darajada bo‘lgan davlatlar

O‘zbekiston o‘rtachadan past darajada bo‘lgan davlat va yurisdiksiya sifatida tasniflanadi. Ushbu guruhga quyidagi 37 ta davlat kiradi: Jazoir, Angola, Bangladesh, Benin, Boliviya, Vetnam, Gaiti, Gana, Gonduras, Misr, Zimbabve, Hindiston, Indoneziya, Eron, Kambodja, Kamerun, Keniya, Kongo, Kot-d'Ivuar, Qirg‘iziston, Livan , Mavritaniya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Myanma, Nepal, Nigeriya, Nikaragua, Pokiston, Salvador, Senegal, Tanzaniya, Tunis, O‘zbekiston, Ukraina, Filippin, Shri-Lanka.