Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Futboldagi ayrim qoidalarga o‘zgartishlar kiritiladi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab o‘yin qoidalariga o‘zgartishlar kiritishini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Futboldagi ayrim qoidalarga o‘zgartishlar kiritiladi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab o‘yin qoidalariga o‘zgartishlar kiritishini ma’lum qildi.  

Asosiy o‘zgarish

Ma’lumotga ko‘ra, eng asosiy yangilik – darvozabonlarning to‘pni qo‘lda ushlab turish vaqtiga oid qoida hisoblanadi. Yangi qoidaga ko‘ra, darvozabon to‘pni qo‘lida 8 soniyadan ortiq ushlab tura olmaydi. Oxirgi 5 soniyani hakam qo‘l ishorasi bilan sanab boradi. Agar bu qoida buzilsa, raqib jamoa burchak zarbasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.  

Amaldagi qoida

Hozirgi amaldagi qoidaga ko‘ra, darvozabon to‘pni 6 soniyadan ortiq ushlab tursa, raqib jamoaga erkin zarba beriladi (ammo amalda bu qoida ishlamaydi). Bu o‘zgarish darvozabonlarning vaqtni cho‘zish taktikasini cheklash va o‘yinni tezlashtirish maqsadida joriy etilmoqda.