$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Jarima ballari beriladigan 14 turdagi yo‘l harakati qoidabuzarliklari maʼlum qilindi

gai

20-fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar kamida 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

Asosiy jazo bilan birga jarima ballari

Bunda 14 turdagi yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun haydovchiga nisbatan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblab boriladi. Bular quyidagi huquqbuzarliklar:

  • MJtK 125-moddasi uchinchi qismi – haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi;
  • 125-modda beshinchi qismi – foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish;
  • 126-modda – ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish;
  • 127-modda birinchi qismi – tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish;
  • 128-3-modda – transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi;
  • 128-4-modda ikkinchi qismi – transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi;
  • 128-5-modda – transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
  • 128-6-modda – transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi;
  • 128-8-modda – transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish (yangi modda);
  • 128-9-modda – transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzish (yangi modda);
  • 129-modda – transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi;
  • 130-modda – transport vositalari haydovchilarining temiryo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi;
  • 137-modda birinchi qismi – yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi.

Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima ballining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak.

Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu jarima ballarining har biri bir yildan so‘ng avtomatlashtirilgan tarzda yechib boriladi.

Теги :
Jamiyat