$
 12084.95
-51.97
 14182.90
-8.8
 159.31
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi davlat tashkilotlarida ish bitishi qiyin?

Qog

Ba’zan biror yumush bilan davlat idorasiga borasiz. Ishim tezroq bitsin deb erta sahardan yo‘lga chiqasiz, navbat kutasiz, biroq oxir-oqibat yo mutaxassisni topa olmaysiz yoki “ertaga keling” degan javob bilan qaytasiz. Shuncha vaqtingiz ketgani qoladi, muammo esa hal bo‘lmay qolaveradi. Xalq orasida “ishi bitishi qiyin” deb nom chiqargan mana shunday TOP-5 tashkilot Adliya vazirligi taqdim qilgan 2025-yil yakuni bo‘yicha sarhisobda e’lon qilindi.

Qaysi tashkilotlar?

Bular:

—“Hududgazta’minot”;

— Kadastr agentligi;

— Sog‘liqni saqlash vazirligi;

— Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

— “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ.

Umumiy koʻrsatkichlar

Ma’lumotga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida 2025-yilda jami 252 747 ta qonun buzilishi kuzatilgan bo‘lib, shundan 170 678 tasi – muddat buzilishi, 50 775 tasi – asossiz rad etilish hisobiga to‘g‘ri keladi. 16 048 tasida esa ortiqcha hujjat talab qilish holati kuzatilgan. 

Yuqorida keltirilgan tashkilotlar esa mazkur qonun buzilishlari bo‘yicha “yetakchilik” qilgan.

Masalan:

1. “Hududgazta’minot” — 43 367 ta;

2. Kadastr agentligi — 32 544 ta;

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 21 321 ta;

4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 19 176 ta;

5. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — 18 014 ta.

Qonun buzilishlari kamaygan

Adliya vazirligi o‘z sarhisobida davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida qonun buzilishlari 2025-yilda 2,5 barobarga kamayganini ma’lum qilgan.

Теги :
Jamiyat