Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

IIV yana bir jinoyatchiga nisbatan qidiruv e'lon qildi

Ushbu shaxs talonchilik qilishda ayblanmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

IIV yana bir jinoyatchiga nisbatan qidiruv e'lon qildi

Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan qashqadaryolik fuqaroga nisbatan qidiruv e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, Jabborov Alpomish 1996-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tugʻilgan. U Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib kelmoqda.

Murojaat uchun

Ushbu shaxs haqida biron-bir ma'lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish soʻraldi. Ma'lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Avvalroq, Namanganda qasddan odam oʻldirib ichki ishlar xodimlaridan qochib yurgan shaxs qidirilayotgani haqida xabar bergan edik.