$
 11963.23
50.85
 13970.66
97.5
 155.35
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Google va Vikipediya: 2025-yil odamlarga eng ko‘p nima qiziq bo‘ldi?

Google

2025-yil yakunida Google va Vikipediya foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p izlangan mavzularni e’lon qildi. Google’ning “Yil yakuni” hisobotida foydalanuvchilarning qiziqishlari haqida qiziqarli statistikalar taqdim etilgan bo‘lsa, Vikipediya esa eng ko‘p o‘qilgan maqolalar va shaxslar haqida ma’lumot berdi. Ushbu ikki platforma, o‘zining qidiruv tizimlari va ma'lumot bazalari orqali, jahon madaniyati, siyosat, kino, musiqalar va ijtimoiy voqealar haqida xalqaro auditoriyaning qanday qiziqishini aks ettiradi. Bizning maqolamizda Google va Vikipediya tomonidan taqdim etilgan yillik reytinglar va ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, 2025-yilda qanday global trendlar va o‘zgarishlar ro‘y berganini ko‘rib chiqamiz.

Eng ko‘p izlangan film – “Anora”

Google 2025-yil yakuniga doir an’anaviy hisobotida foydalanuvchilar eng ko‘p izlagan mavzularni e’lon qildi. Film kategoriyasida eng ko‘p izlangan film “Anora” bo‘lib, undan keyin Supermen va “Minecraft: Kino” joy olgan. Aktyorlar orasida eng ko‘p qidirilgan shaxs aktrisa Mayki Medison bo‘ldi, undan keyin Lyuiz Pullman va Izabela Merse’d keldi. Seriallar orasida “Monstrlar: Ed Gin tarixi” eng ko‘p izlangan, “Kalmar o‘yini” va “O‘tish davri” ham yuqori o‘rinlarda bo‘ldi.

Respublikachi Charli Kirkning o‘ldirilishi eng ko‘p o‘qilgan yangilik bo‘ldi

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha foydalanuvchilar eng ko‘p Arc Raiders, Battlefield 6 va Strands o‘yinlarini izlashdi. Musiqada esa Bad Bunny — DtMF, Silent Open Up — Tabola Bale va Aleks Uorren — Ordinary 2025-yilning eng ko‘p izlangan qo‘shiqlari bo‘ldi.

Yangiliklar kategoriyasida Charlie Kirkning o‘ldirilishi, Eron voqealari va AQSh hukumatining vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi haqida xabarlar yetakchilik qildi. Shaxslar orasida esa D4vd, Kendrick Lamar va Jimmy Kimmel eng ko‘p izlangan nomlar bo‘ldi.

Vikipediyadan tasdiq

Shuningdek, Vikipedia hisobotlariga ko‘ra, eng ko‘p o‘qilgan maqola Charlie Kirk haqidagi bo‘ldi. Amerikalik siyosiy faollik bilan tanilgan Kirkning sentabr oyida o‘tkazgan universitet debatlarida o‘ldirilishi keng jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otdi. Voqeadan so‘ng bir sutkada maqola 15 million marta ko‘rildi, bu esa har soniyada 170 dan ortiq o‘qish demakdir. Qiziqarli tomoni shundaki, sahifa o‘quvchilarining 43 foizi AQShdan tashqaridan bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinda esa an’anaviy tarzda yuqori o‘rinlarni egallab keladigan “2025-yilda vafot etganlar” ro‘yxati turadi. Ushbu sahifa ingliz tilidagi Vikipediya volontyorlari tomonidan doimiy ravishda yangilanadi.

Rim papasining rekordi

Rim papasi Fransiskning vafoti esa Vikipediya tarixida rekord o‘rnatdi. Foydalanuvchilar yangi Papa Lev XIV haqidagi sahifaga bir soniyada 800 ming marta tashrif buyurishdi. Fransisk haqidagi maqola yil yakunida 11-o‘rinni egalladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi sahifa ham 2025-yilda eng ko‘p o‘qilgan maqolalar orasiga kirdi. 20-yanvarda ikkinchi marotaba prezidentlikka kirgan Tramp, 2015-yildan beri sakkizinchi marta yil yakuniy eng ko‘p o‘qilgan maqolalar ro‘yxatiga kirdi.

Shuningdek, mashhurlar orasida Ozzy Osbourne, bloger MrBeast va futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu eng ko‘p o‘qilgan shaxslar bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat