$
 12136.57
-0.53
 14318.73
11.52
 157.70
-0.83
weather
+26
Кечаси   +14°

Tehron qasosi: Oliy rahnamoning o‘limi geosiyosiy keskinlikni yangi bosqichga olib chiqdi

Homanaiy

Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning vafoti ortidan Tehron rasmiylari keskin bayonotlar bilan chiqib, ushbu voqeani “ulkan jinoyat” deb atadi. Eron prezidenti ma’muriyati ushbu hodisa javobsiz qolmasligi va buning ortida turgan kuchlar albatta jazolanishini qat’iy ta’kidladi.

Rasmiy bayonotlarda Xomanaiy nafaqat diniy bilimdon, balki zamonaviy fanlardan xabardor jasur yetakchi sifatida yodga olingan. Hukumat va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIPK) ushbu yo‘qotish uchun qasos olish niyatida ekanliklarini yashirmayapti.

“Ushbu og‘ir jinoyat hech qachon javobsiz qolmaydi va islom olami hamda shialik tarixida yangi sahifa ochadi. Bu oliy martabali raisning pok qoni buloqdek qaynab, Amerika-sionistik zulm va jinoyatlarini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlaydi. Bu safar ham to‘liq kuch va qat’iyat bilan biz bu jinoyatning aybdorlari va tashkilotchilarini qilgan ishlaridan pushaymon qildiramiz”, — deyiladi hukumat rasmiy bayonotida.

Vaziyatning keskinlashuvi fonida IIPK harbiy harakatlar boshlanganini e’lon qildi. Tuzilmaning bayonotiga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari tarixidagi eng shiddatli operatsiyalardan biri amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Biroz muddatdan so‘ng Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari tarixidagi Isroil va Amerika terrorchilik bazalariga qarshi eng shiddatli hujum operatsiyasi boshlanadi”, — deya ogohlantirdi Islom inqilobi muhofizlari korpusi.

Ushbu voqealar zanjiri Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyatni yanada murakkablashtirib, mintaqada yangi harbiy to‘qnashuvlar xavfini oshirmoqda.

Теги :
Jamiyat