$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilardan biri nemis banklaridan 146 mln. yevro qarz oldi

OKMK

Bugungi kun O‘zbekiston soliq to‘lovchilari qatorida “Olmaliq KMK” va “Navoiy KMK” yetakchilar hisoblanishadi. Misol uchun, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2024-yilning birinchi yarmida 3,6 trln. so‘m sof foyda olgan. Tashkilot bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, OKMK nemis banklaridan qarz olgan

Qarz nima sabab olindi?

Ma’lumotda qayd etilishicha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Germaniyaning “KfW IPEX Bank” va “AKA” banklari o‘rtasida kredit bitimi imzolangan. Shartnomaga ko‘ra, nemis banklari “Olmaliq KMK”ga yangi mis eritish majmuasining qurilishini moliyalashtirish uchun 146 mln. yevro miqdorida mablag‘ taqdim etadi. 

Imtiyozlar

Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkilotlarning 2023-yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanganlik holati tahlil qilinib, unga ko‘ra o‘tgan yil yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari jami 127,1 trln so‘mni tashkil etgandi. Unda qayd etilishicha, OKMK 630 mlrd. bojxona va 2 trln. 777 mlrd. soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Теги :
Иқтисодиёт