$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 60 milliard dollardan oshdi

dollar

Markaziy bank “O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqeyi va tashqi qarzi” bo‘yicha qisqacha sharh va statistik jadvallarni e’lon qildi.

Hisob taqchilligi 

Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—sentyabr oylarida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga qisqarib, 3,4 mlrd. dollar yoki YIMga nisbatan 4,3 foizni tashkil qilgan. 

Bunga savdo balansi manfiy saldosi o‘sish sur’atining o‘tgan yildagiga nisbatan pastroq shakllanishi bilan birga mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli darajada ko‘payishi ta’sir ko‘rsatgan.

Eksport 4 foizga oʻsdi

9 oyda xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining o‘zgarishi hamda norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 19,1 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Mazkur davrda import hajmi o‘tgan yillarga nisbatan pastroq sur’atlarda o‘sib (5,5 foiz), 31,4 mlrd. dollarga yetgan.

Natijada 9 oyda savdo balansining manfiy saldosi 2023-yilning mos davriga nisbatan 8 foizga ko‘payib, 12,4 mlrd. dollarni tashkil qilgan. O‘z navbatida, birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat savdo bilan shakllanib, mos ravishda 973 mln. dollar va 8 mlrd. dollarni tashkil etgan holda savdo balansi taqchilligini qisman qoplagan.

Xalqaro zaxira aktivlari

Hisobot davrida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi 678 mln. dollarga qisqarishi kuzatildi. Oltin narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi natijasida xalqaro zaxiralar qoldig‘i 2024-yil boshiga nisbatan qariyb 6,6 mlrd. dollarga ko‘payib, 1-oktyabr holatiga 41,1 mlrd. dollarni tashkil qilgan.

2024-yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, to‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy o‘zgarishlar ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investisiyaviy mavqeyi joriy yil boshiga nisbatan 29 foizga mustahkamlanib, 2024-yil 1-oktyabr holatiga 16,3 mlrd. dollarga yetgan.

Bunda rezidentlarning chet el valyutasidagi aktivlari hajmi 10,8 mlrd dollarga (2024-yilning boshiga nisbatan o‘sish 13 foiz) oshgan bo‘lsa, tashqi majburiyatlari hajmi 7,1 mlrd. dollarga (o‘sish 10 foiz) ko‘paygan.

Tashqi qarz

Hisobot davri yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz hajmi 60,2 mlrd. dollarni tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 32,5 mlrd. dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi 27,7 mlrd. dollarga teng bo‘lgan.

Теги :
Iqtisodiyot