Pinar Yashar: Qarz olinganiga yarasha iqtisodiy ko‘rsatkichlar stabil oshishini ta’minlash kerak
Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligida qatnashayotgan Jahon banki katta iqtisodchisi Pinar Yashar O‘zbekistonning tashqi qarzi, inflyatsiya va iqtisodiyot oldidagi murakkab masalalar haqida fikr bildirdi.
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning qarzi 2024-yilning oxirigacha 37.9 milliard dollarga yetkazilishi kutilmoqda, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YAIM) taxminan 38% ni tashkil qiladi. Umumiy tashqi qarz 31.1 milliard dollarni tashkil qiladi, bunda 24.6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat qarzi bo‘lsa, qolgan 6.5 milliard dollar davlat kafolatlangan qarzlardir. Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligida qatnashayotgan Jahon banki katta iqtisodchisi Pinar Yashar O‘zbekistonning tashqi qarzi, inflyatsiya va iqtisodiyot oldidagi murakkab masalalar haqida fikr bildirdi.
O‘ta ehtiyotkorlik talab etiladi
Jahon banki katta iqtisodchisining fikrlariga ko‘ra, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davridagi mamlakatlarning tashqi qarz olishi odatiy hol, lekin bu borada o‘ta ehtiyotkorlik kerak. Uning aytishicha, ozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlarning tashqi qarzi ko‘payishini oldindan kutiladi. Chunki ularga moliyaviy ko‘mak juda zarur bo‘ladi. Mutaxassis O‘zbekistonning qarzi stabil ko‘payib borayotganini ta’kidlar ekan, bu dinamikada o‘ta ehtiyotkorlik talab etilishini hamda qarz olinganiga yarasha iqtisodiy ko‘rsatkichlar stabil oshishini ta’minlash kerakligini aytadi. U hozir respublika o‘tish davrida ekanini inobatga olinsa, yillar o‘tib agar moliya bozori rivojlansa, ishlab chiqarish ko‘paysa, qarz ham kamayishini taxmin qildi.
Tashqi ta’sirlarni hukumat xohlasa ham nazorat qilolmaydi
Jahon banki vakiliga ko‘ra, inflyatsiya ko‘rsatkichi O‘zbekistonda juda yuqori emas, ammo uni nazorat qilish muhim. Pinar tashqi ta’sirlarni hukumat nazorat qilolmasligini bildirgan. U inflyatsiya jiddiy mavzu ekanligini aytarkan, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘ta yuqori emasligini, bunga global bozorlardagi narx-navo ham, albatta, ta’sir qilayotganini aytadi. Mutaxassis talab va taklif faktoridan kelib chiqib qaralsa ham, o‘sish kuzatilayotgani, bunda O‘zbekiston Markaziy bankiga ko‘p narsa bog‘liqligi, ularning kutilmalari va oqilona ishlashi, tez-tez qaror qabul qilishi – inflyatsiya dinamikasini o‘zgartirishini ta’kidlaydi. “Lekin tashqi ta’sirlarni hukumat xohlasa ham nazorat qilolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, O‘zbekistonda inflyatsiya nazoratdan chiqib ketgan deyolmayman. Biroq inflyatsiyani hozirgidan pastroq darajaga tushirish mumkin”, — deydi iqtisodchi. Pinar Yasharning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston oldida turgan muhim chaqiriqlar iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish, xususiy sektor faolligini oshirish, bozorlarning liberallashishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonning bugungi kunda qancha qarzi bor va ular qanday qiymatda berilgan?
O‘zbekistonning jamoat 2024-yilning oxirigacha 37.9 milliard dollarga yetkazilishi kutilmoqda, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YAIM) taxminan 38% ni tashkil qiladi. Umumiy tashqi qarz 31.1 milliard dollarni tashkil qiladi, bunda 24.6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat qarzi bo‘lsa, qolgan 6.5 milliard dollar davlat kafolatlangan qarzlardir. Davlat qarzining katta qismi xalqaro moliyaviy tashkilotlar, jumladan, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kabi tashkilotlar tomonidan berilgan. Xalqaro obligatsiyalar, xususan, 3.4 milliard dollarga yetgan. Foiz stavkalari ayrim hollarda yuqori bo‘lishi mumkin. Masalan, 2024-yilda mahalliy valyutalarda berilgan obligatsiyalar uchun foiz stavkalari 16.63% ga yetgan. Bu tashqi moliyalashtirishning yuqori xatarlari va valyuta o‘zgarishlariga bo‘lgan taalluqliligi bilan bog‘liq. Davlat qarzini xizmat qilish xarajatlari ham ancha yuqori. 2024-yilda bu xarajatlar 48.6 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda, buning ichida 952 million dollar foiz to‘lovlari va qarzning asosiy qismini qaytarish kiritilgan.



