$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Oilaviy zoʻravonlik qurbonlariga ishga kirishda ustunlik berilishi mumkin

Family assault

Bugungi kunda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Bir qator kamchiliklar bor

Lekin ushbu Qarordagi bir qator normalar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq kelmasligi aniqlangan. Shu tufayli mazkur qarorning yangi loyihasini ishlab chiqish zarurati vujudga kelib, ayni damda qarorning yangi tahrirdagi loyihasi (ID-95253)regulation.gov.uzportalida muhokamagaqoʻyilgan. 

Ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda

Xususan, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlanganlar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi sifatida yuqoridagi Qarorga qoʻshilmoqda. Buning natijasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlarida ushbu toifa qamrab olinadi va ular ham ishga joylashishda zaxiralangan ish oʻrinlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarorida 2024 yil 1 yanvardan boshlab tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlanganlar ham kiritilishi lozimligi belgilangan.

Теги :
Jamiyat