$
 12084.95
-51.97
 14182.90
-8.8
 159.31
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Yopiq qarorlar qabul qilishda qaysi hokim “yetakchi?”

qaror

Oʻzbekistonda mahalliy hokimliklar tomonidan 386 ta hujjat asossiz yashirilgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.

Ochiqlikka oid qonunchilikka rioya etilishi shart

Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “yashiringan” yoki “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU grifi bilan) qabul qilingan qaror va farmoyishlar oʻrganilgan.

Prezident qaroriga asosan “E-qaror” tizimida qabul qilinadigan hujjatlarni eʼlon qilishda ochiqlikka oid qonunchilikka rioya etilishi lozim. Buni agentlik nazorat qiladi.

Qaysi masalalarga oid qarorlar yashirilgan?

Tahlillar natijasiga koʻra, viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan jami 1 907 ta qaror va farmoyishdan 386 tasi asossiz ravishda yashirilgani maʼlum boʻldi. Yashirilgan qarorlarning 68 tasi tashkiliy tuzilmani tasdiqlash, 46 tasi mablagʻ ajratish, 34 tasi ragʻbatlantirish, 156 tasi lavozimga tayinlash hamda 82 tasi boshqa masalalarga oid boʻlgan.

Hududlar kesimida 

Ochiqlanmagan hujjatlar soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlar Fargʻonada (67 ta, 44%) kuzatildi. Undan keyin 58 ta hujjat bilan Buxoro, 41 ta bilan Qashqadaryo, 38 ta qaror bilan Samarqand va 32 ta hujjat boʻyicha ochiqlik taʼminlanmagan Xorazm turibdi.

Agentlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga asossiz yashirilgan 68 ta qaror va farmoyishlarni ochiqlash va mazkur qonunbuzilishlarning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan masʼul xodimlarga nisbatan tegishli chora koʻrish yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.

Теги :
Jamiyat