$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2016-yilgacha qarshilikka uchragan GESning qurilish loyihasi imzolandi

Qambarota GES-1

Loyihalash ishlari bundan qariyb 43-yil muqaddam Toshkentda boshlangan, uni qurishga birinchi urinish 1986-yilda bo‘lgan, biroq 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi tufayli qurilish to‘xtatilgan, keyinchalik O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qurilishiga qarshi bo‘lgan "Qambarota GES-1" qurilishiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash bo‘yicha kelishuv kecha O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston mamlakatning energetika bo‘yicha mas’ullari tomonidan imzolandi.

O‘zbekiston nima uchun loyihaga qarshi chiqqan?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek ushbu loyihaga mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshi turishgan. Sababi, quyi oqimdagi O‘zbekiston suv omborini dastlabki to‘ldirish va bundan buyon yillik bug‘lanish Sirdaryoda sug‘orish uchun mavjud bo‘lgan suv oqimini kamayishiga olib kelishi, to‘g‘ondan ishlab chiqariladigan energiya, agar Afg‘oniston kabi janubiy mamlakatlarga eksport qilinsa, O‘zbekistonning elektr energiyasi eksporti bozoriga ham zarar etkazishi mumkin bo‘lgan. O‘zbekiston hukumatining Toshkentdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qambarota-1 suv tanqisligi, shuningdek, O‘zbekistonga ekologik va iqtisodiy zarar yetkazadi hamda xalqaro qonunlarga zid ravishda taklif qilingan. 

30-yildan beri amalga oshmay qolib ketayotgan bu loyiha uch yilda qurib bitkaziladi — Sadir Japarov

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 1112-mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga qilgan safari chog‘ida “Qambarota-1” GESi qurilishida Qirg‘iziston bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgandi. Shundan so‘ng 13-mart kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Bishkekda "Qambarota" bo‘yicha navbatdagi shartnomani imzolaydi. 

"Biz “Qambaota-1” GESini O‘zbekiston bilan birga qurish to‘g‘risida shartnomaga erishdik. Hozir ish boshlandi. Hudo hoxlasa, “Qambarota-1” GESini uch yil ichida qurishni maqsad qildik. Bu loyiha to‘liq amalga oshadi. 30-yildan beri amalga oshmay qolib ketayotgan bu loyiha uch yilda qurib bitkaziladi" - dedi Sadir Japarov.

 “Uch yilda qurib bo‘lamiz” deyish bu utopiya

Shartnoma imzolangach, ikki tomon ekspertlari turlicha fikrlar bilan ommaga chiqishadi. Energetika masalalari bo‘yicha ekspert Mirzatay Sultanaliyev bu tashabbusni qo‘llashini aytib, lekin qurilishning uch yilda tamomlanishi haqidagi mujda ishonchsizligini ta’kidlaydi.

“GESni O‘zbekiston bilan birgalikda qurish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani quvonarli holatdir. Negaki o‘zimizda GESni qurishga mablag‘ yo‘q. Bu loyiha O‘zbekistonga ham foydali, shuning uchun qo‘shnilar bunga kirishayapti. Ammo Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan birlashsa ham mazkur loyihani amalga oshirish uchun yetarli darajadagi mablag‘ yig‘a olmaydi. Bu loyihaga boshqa davlatlarni ham kiritishga majbur bo‘lishadi. Qolaversa, “uch yilda qurib bo‘lamiz” deyish bu utopiya. Uch yilda hech kim qura olmaydi, kamida 10-15-yil ketadi”, - deydi eskpert.

Ma’lumot uchun, "Qambarota GES-1" loyihasi Qirg‘iziston tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston loyihaga o‘tgan yili qo‘shilgan edi .

Теги :
Iqtisodiyot