$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Kollej va texnikumlarda qo‘shimcha qabul boshlandi

qabul

Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shimcha qabul

Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlari hamda kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul qilish boshlandi.

Mutaxassislikni tanlash

Bunda, bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin.

Kasb tanlashda fanlar ketma-ketligi inobatga olinmaydi. Ta’lim tilini o‘zgartirgan holda tegishli kasb va mutaxassisliklarni tanlash va tanlovda ishtirok etish mumkin.

Kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi.

Imtihonda ishtirok etmaganlar uchun kechki yoki sirtqi yo‘nalishlar

Onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolar yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar joriy yilning 25-sentabrigacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni joriy yilning 2-oktabridan boshlanadi.